Xiaomi Mi 10 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Mi 10 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi'ning navbatdagi Mi flagmani haqida ma’lumotlar sizib chiqa boshlamoqda. Bir necha kun oldin ushbu qurilmaga tegishliligi ta’kidlangan jonli tasvirlar ham paydo bo‘lgandi.

Endi esa smartfonning rasmiy reklama banneri e’lon qilindi. Bir qarashda ko‘rish mumkinki, Mi 10 dizayni Mi Mix Alpha'niki kabi ishlangan. Albatta, bu yerda ikki tomonlama displey yo‘q, biroq orqa panel o‘rtasidan o‘tgan qora chiziq futurustik qurilmani yodga soladi.

Reklamadan ham ko‘rinib turganidek, gadjetga, kutilganidek, Snapdragon 865 5G chipi o‘rnatiladi. 5G yozuvi ham ko‘rinib turibdi, biroq bu Mi 10 Pro'dagina mavjud bo‘lishi ham mumkin.

Bannerning quyi qismida yozilishicha, taqdimot 11-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!