Xiaomi Mi 10 Ultra'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Xiaomi Mi 10 Ultra'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni ko‘pchilikka manzur kelgandi, biroq uning faqat Xitoyda sotuvga chiqishi hammaning hafsalasini pir qilgan bo‘lsa ajab emas.

Quyida ushbu flagmanning to‘liq texnik jihatlarini sizga taqdim qilishga qaror qildik.

Xiaomi Mi 10 Ultra'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 162.4x75.1x9.5 mm, 222 g; old va orqa panelda qayrilgan Gorilla Glass shishasi, alyuminiy hoshiya; Obsidian Black, Mercury Silver, Shaffof rang gammalari;

> Ekran: 6.67" Super AMOLED, 1080x2340p rezolyutsiya, 19.5:9 tomonlar nisbati, 386 piksel/dyuym zichlik; 120Hz yangilanish chastotasi; HDR10+, 800 nit yorug‘lik, 1 mlrd rang;

> Chip: Snapdragon 865 (7 nm+): sakkiz yadroli CPU (1x2.84 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.8 GHz Kryo 585); Adreno 650 GPU;

> Xotira: 8/12/16GB tezkor, 128/256/512GB UFS 3.1 doimiy xotira;

> Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12;

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48MP, 1/1.32" sensor, 1.2µmm piksel hajmi, 25 mm ga teng fokus uzunligi, f/1.9 apertura, Lazerli AF, OIS. •Telefoto: 12MP, 1/2.55", 1.4µmm, 50mm linza, f/2.0, Qo‘sh-piksel PDAF. •Uzoq masofali telefoto: 48MP, 1/2.0", 0.8µmm, 120mm linza, f/4.1, Qo‘sh-piksel PDAF, OIS. •Ultrakeng: 20MP, 1/2.8", 1.0µmm, 12mm, f/2.2, PDAF, ultra-makro;

> Old kamera: 20 MP, f/2.3, 0.8µmm, 1080p video;

> Video yozuv: •Orqa kamera: 8K 4320p@24 kadr/sek., 4K 2160p@30/60 kadr/sek., FullHD 1080p@30/60/120/240/960 kadr/sek. •Old kamera: FullHD 1080p@30 kadr/sek.;

> Akkumulyator: 4,500mAs, 120 Vt tezkor quvvatlash, USB-PD, 50 Vt simsiz quvvatlash, 10 Vt teskari simsiz quvvatlash;

> Aloqa: 5G, Bluetooth 5.1, NFC, Wi-Fi a/b/g/n/ac/ax, qo‘sh GPS, USB-C;

> Boshqa: Stereo karnaylar; optik barmoq izi skaneri; infraqizil blaster.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlariga MIUI 12 tarqatilishining uchinchi to‘lqini boshlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!