Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro'larning global taqdimot sanasi qachon?

Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro'larning global taqdimot sanasi qachon?

MWC bekor qilingani sabab global taqdimoti sanasi noma’lum bo‘lib turgan Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro flagmanlari butun jahondagi mijozlarga qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi.

Kompaniyaning xabar berishicha, yangi qurilmalar onlayn ravishda 27 mart sanasida taqdim qilinadi.

Bu esa avvalgi rejalardan bir oy keyin, demakdir. Bundan chiqdi, global bozordagi savdolar ham aynan 27 mart kuni yoki undan ko‘p ham o‘tmay boshlanishi kerak.Mahalliy bozorga allaqachon chiqarilgan 5G'li bu ikki flagmanning savdosi Xitoyda a’lo darajada bo‘lib, Mi 10 Pro savdolar boshlanishi bilan 33 000 — 40 000 dona oralig‘ida sotib bo‘lingandi. Qizig‘i, Pro bo‘lmagan talqin esa 42 000 — 50 000 dona oralig‘ida sotilgan.

Ma’lumot uchun, Mi 10 Pro DxOMark reytingida ayni damda yetakchilik qilib turibdi (Oppo Find X2 bilan birga).

Global taqdimotni YouTube, Twitter va Facebook'da jonli ravishda 27 mart Toshkent vaqti bilan 18:00 dan tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 10S ham chiqadi: Snapdragon 865 Plus, yangicha kamera, narxi esa...