Xiaomi Mi 5 flagman smartfoni rasman taqdim etildi (foto)

Xiaomi Mi 5 flagman smartfoni rasman taqdim etildi (foto)

Xiaomi Mi 5 flagmani rasman taqdim etildi, deya xabar bermoqda «Hi-tech.mail.ru». Smartfon hozir urfda bo‘lgan burchaklari yumaloq korpusga ega bo‘ldi.

5,15 dyuymli, 1800 pikselli displey pastida Home tugmasi joylashgan, u barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Smartfon o‘lchamlari 69,2×144,5×7,25 millimetrga teng. Orqa panel uchun 3D-shishadan foydalanilgan.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Xiaomi Mi 5 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 820 chipseti, 3 Gb tezkor xotira, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 16 megapikselli asosiy va 4 megapikselli old kameraga ega.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo o‘zining MIUI7 operatsion tizimidan foydalanadi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Qurilma narxi komplektatsiyaga qarab 300—500 dollarni tashkil etadi.

Manba: Daryo.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.