Xiaomi Mi 5S qo‘sh kameraga ega bo‘ladi

Xiaomi Mi 5S qo‘sh kameraga ega bo‘ladi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tez orada taqdim etishi kutilayotgan Xiaomi Mi 5S smartfoni  kuchli texnik parametrlarga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shu kungacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yangi flagman 5,15 dyuymli 3D Touch texnologiyasidagi Full HD displey, Snapdragon 821 protsessori, 4 yoki 6 GB tezkor xotira, oyna osti Sense ID barmoq izi skaneri, 3500 mA/st sig‘imli batareya va MIUI 8 interfeysi bilan ta’minlanadi.

xiaomi_mi5s_dual_camera

Kuni kecha xitoylik gigant qo‘sh kamera aks etgan tizerni ham namoyish etdi. Tizerga ko‘ra Xiaomi Mi 5S kamerasi yaqinda taqdim etilgan Redmi Pro uslubida tayyorlanadi: yirikroq asosiy sensor va kichik aniqlik darajasidagi ikkinchi kamera. Ammo kameralar kombinatsiyasi yangi smartfonda batamom boshqacha bo‘lishi ham mumkin (misol uchun 16+8). Hozircha ushbu kameraning imkoniyatlari borasida yetarli ma’lumot mavjud emas. Barcha tafsilotlarga 27-sentyabr kuni model taqdimotida oydinlik kiritiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!