Xiaomi Mi 5S taqdimoti 27-sentyabrda o‘tkaziladi

Xiaomi Mi 5S taqdimoti 27-sentyabrda o‘tkaziladi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi 5S modelining taqdimotiga taklifnomalarni juo‘natishni boshladi. Taklifnomada Xiaomi Mi 5S to‘g‘risida hech qanaqa ma’lumot berilmagan, biroq undagi yirik S harfi shunga dalolat qiladi.

So‘nggi paytlarda ushbu modelning Xitoy 3C kommunikatsiya resursi va Antutu benchmarkida bir necha tafsilotlari paydo bo‘lgan edi. Taxminlarga ko‘ra, smartfon 5,15 dyuymli FHD ekran, Snapdragon 821 protsessori, 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, modelning 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega varianti ham chiqarilishi rejalashtirilgan.

Xiaomi-Mi-5s-front-leak-e1474274174325

Boshqa resusrslarga keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi 5S  16 MPli PDAF optik stabilizatoriga ega, diafragmasi f/1.8 bo‘lgan asosiy kamera ta’minlanishi mumkin. Shuningdek, smartfonga qo‘sh kamera o‘rnatilishi ham istisno qilinmayapti.  Model 3490 mA/st sig‘imli akkumulyator bilan quvvatlanadi.

Shu bilan bir qatorda, Xiaomi Mi 5S 3D Touch texnologiyasiga o‘xshagan funksiyaga ega bo‘lishi ham ba’zi manbalarda qayd etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!