Xiaomi Mi 6X: barcha talqinlarni tomosha qilamiz!

Xiaomi Mi 6X: barcha talqinlarni tomosha qilamiz!

Xiaomi Mi 6x modeli yaxlit metall korpusli hamda iPhone X flagmanidagi kabi qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi. Uning uchun 5.99 dyuymli, IPS LCD matritsali hamda FHD+ sig‘imli, shuningdek tomonlari 18:9 nisbatli ekran tanlangan.

Xiaomi Mi 6x smartfonining platformasi 2.2 Ggs chastota tezligida ishlaydigan sakkiz yadroli protsessor, 4/6 gigabaytli tezkor hamda 64/128 gigabaytli doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Kamera borasida uning imkoniyatlariga flagman gadjetlar ham havas qiladilar. Bosh kamera 20 Mp + 8 Mp sensorlardan tarkib topgan.

Qora korpusdagi talqin:

Moviy-ko‘k rangli korpusdagi talqin:

Old kamera esa 20 megapiksel aniqligida surat oladi. Bunday selfi kamera bir muddat avval taqdim qilingan Xiaomi Redmi Note 5 Pro modeliga ham o‘rnatilgan. Shu bilan birga, old kamerada Face Unlock funksiyasi joriy qilingan. Foydalanuvchi qiyofasi orqali tizimga kirish mumkin.

Och-tilla rangli korpusdagi talqin:

Pushti rangli korpusdagi talqin:

Qizil rangli korpus talqini:

Xiaomi Mi 6x devaysining yana bir afzalligi u Android 8 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Kuch-quvvat uchun esa 2910 mA soat tok sig‘imli akkumulyator mas’ul.

Texnik jihatlar:

Ekran: 5.99 dyuymli, Full HD+ (2160×1080 piksel) sig‘imli, 2.5D qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: 8 yadroli Snapdragon 630 / Snapdragon 660 (14 nanometrli);
Xotira: 6 gigabaytli tezkor va 64 yoki 128 gigabaytli doimiy, microSD yordamida yana 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo);
Sim-karta: Gibrid (micro + nano/microSD);
Bosh kamera: 20 Mp + 8 Mp, LED fotochaqnog‘i;
Old kamera: 20 Mp;
Boshqa jihatlar: barmoq izi skaneri, infra-qizil nur va boshqalar;
O‘lchamlari: 158.88×75.54×7.3 mm;
Vazni: 166 gramm;
3.5 mm audio tuynuk: bor;
Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz), Bluetooth 5 LE, GPS + GLONASS, USB Type-C;
Akkumulyator: 2910 mA soat;

Xiaomi Mi 6X smartfoni 25 aprelda Xitoyda taqdim qilinadi. Uning 238 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.