Xiaomi Mi 7’ning ilk «jonli» fotosuratini ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1889
  •  26.02.2018 10:51

Xiaomi Mi 7’ning ilk «jonli» fotosuratini ko‘ramiz!

Ayni kunlarda Barselonada bo‘lib o‘tayotgan Mobile World Congress ko‘rgazmasida Xiaomi kompaniyasi ham ishtirok etmoqda. Biroq u mazkur anjumanda o‘zining asosiy flagmanini taqdim etishni rejalashtirmagan. Shunday bo‘lsa-da, bizda uning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvur hosil qilish uchun yetarlicha ma’lumotlar bor.

O‘QING: Xiaomi Mi 7 har tomonlama suratlar va videoda!

Shu paytgacha Mi 7 modeli haqijda ko‘plab ma’lumotlar tarqalib bo‘lgan, uning render-suratlari va videosi ham mavjud. Bu gadjetning birinchi «jonli» rasmini esa Slashgears sayti e’lon qildi. Mana, tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, smartfon korpusining orqa qopqog‘i jilokor tusda, ko‘k rangda. U shishadan ishlangan bo‘lsa kerak; zero, bu – akkumulyatorning simsiz quvvat olish texnologiyasi ishlashi uchun zarur omillardan biridir.

O‘QING: Xiaomi fanatlari 5 yil kutgan xususiyat Mi 7’da joriy etiladi

Mi 7’ning asosiy kamerasi orqa panelning yuqori chap burchagidan o‘rin olgan. U ikkita modulni o‘z ichiga oladi, ustma-ust joylashgan bu ob’yektivlar orasiga esa fotochaqnoq qo‘yilgan.

Xiaomi smartfonlari an’anasiga ko‘ra, Mi 7 korpusining ham o‘ng qirrasida telefonni yoqish-o‘chirish hamda ovozni ko‘tarish-pasaytirish tugmachalari joylashgan.

Mazkur flagman Xiaomi kompaniyasining Always on Display funksiyali ilk smartfoni bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 7’ning barcha xususiyatlarini bittada ko‘rib chiqamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.