Xiaomi Mi 7: taxminiy xususiyatlari, taqdimot vaqti va hatto narxi ham ma’lum!

  •   DiMaX
  •  3919
  •  22.11.2017 13:36

Xiaomi Mi 7: taxminiy xususiyatlari, taqdimot vaqti va hatto narxi ham ma’lum!

Turli smartfonlari bilan dunyo bozoriga jadal kirib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi allaqachon Mi 7 flagmanini tayyorlamoqda. Bu model haqidagi ma’lumotlarni Gizmochina nashri e’lon qilgan.

O‘QING: Xiaomi allaqachon Mi 7’ni tayyorlamoqda! (+suratlar)

Xabarga ko‘ra, «xitoycha Apple»ning navbatdagi flagmani quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  • Ekran: Samsung tomonidan ishlangan, 6,1 dyuymli, 18:9 nisbatli OLED-displey.
  • Protsessor: Snapdragon 845
  • Tezkor xotira: 6 gigabayt
  • Asosiy kamera: 16 + 16 megapikselli qo‘sh modulli, f1.7 diafragmali
  • Akkumulyator: 3350 mA/soat + tezkor quvvatlash

Ta’kidlash kerakki, Mi 7 smartfoniga qo‘yiladigan Snapdragon 845 protsessori hali keyingi oyda rasman taqdim etiladi va kelasi yilda ommaviy ishlab chiqarishga joriy etiladi. Samsung Galaxy S9 ham xuddi shu chip bazasida ishlaydi.

O‘QING: Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda

Xiaomi ishqibozlarini xursand qilmaydigan jihat ham bor – Mi 7 modeli ham yuzni 3D usulida tanish texnologiyasiga ega bo‘lmaydi.

Mi 7 flagmani keyingi yilning birinchi choragida yoki ikkinchi choragi boshida taqdim etiladi. Uning narxi esa 2699 yuan (taxminan 408 AQSh dollari)dan boshlanadi. Bu esa Xiaomi’ning hozirgi flagmani – Mi 6 modelidan salgina qimmat, deganidir.

O‘QING: Xiaomi Mi 6: kuchli flagman yarim narxida | Tavsif

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!