Xiaomi Mi 7 yangi suratlarda: 4 karrali optik zum va boshqa xususiyatlar

  •   DiMaX
  •  2696
  •  04.12.2017 15:42

Xiaomi Mi 7 yangi suratlarda: 4 karrali optik zum va boshqa xususiyatlar

Mazkur kompaniyaning navbatdagi flagmani – Mi 7 modeli yakkakristalli Snapdragon 845 tizimi bilan jihozlangan ilk Xitoy smartfoni bo‘lishi kutilayotir. Insayderlar mazkur qurilmaning suratlari va u haqdagi navbatdagi ma’lumotlarni tarqatdilar, deb yozadi ixbt.com.

O‘QING: Xiaomi va Qualcomm eng zo‘r Android-smartfonni yaratishmoqchi

Aytish kerakki, e’lon qilingan suratlar Mi 7 haqidagi ma’lumotlar asosida kompyuterda tayyorlangan. Biroq ularga qarab, «xitoycha Apple»ning navbatdagi flagmani haqida yetarlicha tasavvur olish mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 7 tezkor quvvatlash texnologiyasining ishlashini ta’minlash uchun shisha korpusga hamda metall shassiga ega.

O‘QING: Xiaomi fanatlari 5 yil kutgan xususiyat Mi 7’da joriy etiladi

Kompaniyaning bu gadjetiga an’anaviy – tomonlari o‘zaro 16:9 nisbatda bo‘lgan 5,15 dyuymlik emas, balki 18:9 nisbatdagi 5,8 dyuymlik ekran o‘rnatiladi. Unda Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan AMOLED-displey qo‘llanishi kutilayotir.

Qurilmaning tezkor xotirasi 6 yoki 8 gigabayt, doimiy xotirasi esa 128 yoxud 256 gigabaytga teng bo‘lishi aytilgan. Smartfon 3950 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. U Xiaomi’ning o‘z dasturchilari mahsuloti bo‘lmish MIUI 9 boshqaruvi ostida ishlaydi.

Smartfonning asosiy kamerasi har biri 19 megapikselli bo‘lgan ikkita ob’yektivga ega. F/1,7 diafragmali bu modullar foydalanuvchi uchun to‘rt karrali optik zumni ta’minlab bera oladi. Mi 7’ning old kamerasi esa 16 megapikselli modulga ega.

O‘QING: Xiaomi Mi 7: taxminiy xususiyatlari, taqdimot vaqti va hatto narxi ham ma’lum!

Ushbu flagmanning ishlab chiqarilishi 2018 yil fevral oyining birinchi yarmidan boshlanishi kerak.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.