Xiaomi Mi 8 "fantastik natija" ko‘rsatdi

Xiaomi Mi 8

Shubha yo‘qki, 2018 yilning o‘rtalariga kelib taqdim qilingan Xiaomi Mi 8 hozircha ko‘pchilikning qiziqishini uyg‘otgan flagmanlardan biri bo‘lib turibdi. Qiyofani uch o‘lchamli biometrik o‘lchamda tekshirib, to‘laqonli faoliyat ko‘rsatadigan qiyofa skaneriga ega bo‘lgan hamda telefondagi ma’lumotlar xavfsizligini 99,97% ta’minlaydigan mazkur apparat hozircha sotuvga chiqarilgani yo‘q. Kecha Xiaomi kompaniyasi asoschisi Ley Szyun "aqlli telefon"ning navbatdagi o‘ziga xosliklari bilan bo‘lishdi.

Xiaomi kompaniya bosh direktori Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘zining sahifasida o‘zi ikki haftadan beri foydalanayotgan Mi 8 smartfonining faoliyati bilan bog‘liq skrinshotni e’lon qildi. Unda smartfonning quvvat ta’minoti bilan bog‘liq jihatlar aks etgan. Ayni paytda ko‘pchilikni xuddi shu savol qiziqtirayotgan edi.

O‘qing: Mi 8 iPhone X va Galaxy S9'ni "yer tishlatdi"!

Bosh direktor qayd etgan natijalar ko‘pchilikni hayratga soldi. Unga ko‘ra, bosh direktorning Xiaomi Mi 8 telefoni to‘liq quvvat bilan 1 kun, 10 soat, 44 minut hamda 57 sekund ishlaganida unda hali sarf qilinmagan 18% quvvat bo‘lgan. Shubhasizki, bu juda yaxshi natija.

Xitoyning muvaffaqiyatli biznesmenlaridan bo‘lgan Ley Szyunning qayd etishicha, Xiaomi Mi 8 bu vaqt oralig‘ida ko‘p quvvat talab qiladigan Wi-Fi hamda 4G tarmoqlarida faol foydalanilgan, shu bilan birga ogohlantirishlarni ko‘rish uchun ekran bir necha marotaba tekshirilgan, elektron xatlarga javob berilgan hamda messenjerlarda suhbat qurilgan. Shu taxlit, telefon o‘rtacha darajada foydalanganda to‘liq quvvat bilan deyarli 2 sutka ishlab bera oladi. Tan olish kerak, bu yuqori darajadagi flagmanlarga xos "fantastik" natija!

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 8 modeli 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori hamda tok sig‘imi 3400 mA soat bo‘lgan batareya bilan ta’minlangan. Ta’kidlash joizki, smartfon 0 dan 100% gacha quvvat olishi uchun bir soatdan kamroq vaqt kerak bo‘ladi. Sababi gadjetda Quick Charge 4.0+ quvvatlash texnologiyasi tatbiq qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!