Xiaomi Mi 8'ga ham MIUI 11 kela boshladi

Xiaomi Mi 8'ga ham MIUI 11 kela boshladi

O‘tgan hafta Mi Mix 3 smartfoniga MIUI 11'ning beta talqini kela boshlagan edi, mana endi Xiaomi Mi 8 ham unga sherik bo‘ldi.
 
Xitoylik foydalanuvchilar 2.1GB hajmli 9.10.24 versiyadagi MIUI 11'ni qabul qila boshladi. Tizim yangilanishi bilan qurilmaning xavfsizlik darajasi oktyabr oyigacha ko‘tariladi va MIUI 11 bilan taqdim qilinuvchi barcha yangi vizual va texnik yangilanishlar kuzatiladi. Global proshivka haqida esa hozircha biror yangilik yo‘q. 
Yangilanishdan so‘ng kuzatiladigan o‘zgarishlar bilan tanishib chiqish uchun bu yerga bosing.
 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.