Xiaomi Mi Band 1Sga oldindan buyurtma berish yo‘lga qo‘yildi

Xiaomi Mi Band 1Sga oldindan buyurtma berish yo‘lga qo‘yildi

Yaqinda Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi Band hamyonbop fitnes-trekerining yangilangan versiyasi bo‘lmish eng arzon narxli fitnes-bilaguzukni taqdim etdi. Takomillashgan bilaguzuk soddagina Mi Band 1S nomini oldi, ammo funksiyalari soni oshib, yurak urish chastotasi datchigi ham qo‘shildi.

Pulsometrdan tashqari Xiaomi Mi Band1S quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • qadamo‘lchagich;
  • masofa o‘lchagich;
  • sarflangan kaloriyani o‘lchash;
  • uyquni monitoring qilish;
  • “aqlli uyg‘otgich”;
  • qo‘ng‘iroqlar va qabul qilingan xabarlar to‘g‘risida bildirishnomalar;
  • planshet va smartfonni blokdan yechish.

Fitnes-trekerning dizayni akkumulyatorining sig‘imi kabi deyarli o‘zgarmagani e’tiborga loyiq. Bilaguzukda bildirishnomalarni ko‘rsatuvchi tanish displey yo‘q, silikon tasmasi avvalgiday qolgan. Tasma xaridor ta’biga ko‘ra har xil rangda chiqarilgan.

Mi Band 1S IP67 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. O‘lchami 37 × 13,6 × 9,9mmga teng, tasmasi bilan qo‘shib hisoblaganda og‘irligi 14 gr. Fitnes-bilaguzukni iOS yoki GoogleAndroid tizimida ishlovchi smartfon va planshet bilan sinxronlashtirish imkoni bor.

Eng birinchi chiqarilgan Mi Band 13 dollarlik (yetkazib berishi bilan 15 dollar) past narxi bilan xaridorlar e’tiborini qozonib, ommalashgan edi. Mi Band 1Sni esa ishlab chiqaruvchiga qarashli do‘konda 14,99 dollar narxda sotishmoqda. Qurilmani shu yil 11 noyabrdan sotish boshlandi. Sport bilan faol shug‘ullanuvchilar uchun bu yaxshigina topildiq bo‘lib, mashq samaradorligini oshirishda qo‘l keladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.