Xiaomi Mi Band 3 sotuvga chiqdi – barcha xususiyatlarini bilib oling va unga buyurtma bering!

  •   DiMaX
  •  5712
  •  06.06.2018 13:55

Xiaomi Mi Band 3 sotuvga chiqdi – barcha xususiyatlarini bilib oling va unga buyurtma bering!

«Xitoycha Apple» shu yilning 31 may kuni kompaniyaning sakkiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazgan anjumanida o‘zining bir qator yangi gadjetlarini namoyish etdi. Shular orasida «suvdan qo‘rqmaydigan» Xiaomi Mi Band 3 «aqlli» bilaguzagi ham bor.

O‘QING: Millionlab insonlar kutgan Mi Band 3 taqdim qilindi

Quyida mazkur smart-brasletning texnik xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:

  • Mos kelishi: Android 4.4 hamda iOS 9.0 va shulardan yuqori talqinlar;
  • Simsiz ulanish: Bluetooth 4.2 BLE;
  • Ekran diagonali: 0,78 dyuymlik oled-displey;
  • Displeyning tasvir aniqligi: 128x80 pikselli;
  • Akkumulyator sig‘imi: 110 mA/soat;
  • Akkumulyator turi: litiy-ionli polimer;
  • Kiruvchi tok kuchlanishi (zaryadlashda): DC 5.0V;
  • Kiruvchi tok kuchi (maksimum): 250 mA/soat;
  • Avtonom ishlash vaqti: 20 kun;
  • Korpus materiali: plastik;
  • Korpus muhofazasi: 5ATM / IP68;
  • Korpus o‘lchamlari: 17,9x46,9x12 mm;
  • Datchiklari: giroskop, akselerometr, pulsometr;
  • Tasmacha materiali: termoplastik elasten;
  • Tasmacha uzunligi: 247 mm;
  • Uzunlikni sozlash: 155 dan 216 mm.gacha;
  • Tasmacha bilan birgalikdagi vazni: 20 gramm;
  • Ishlash harorati: -10°C ~ 50°C.

O‘QING: Xiaomi rahbari qo‘lida Mi Band 3 bilan «qo‘lga tushdi»!

Avval ham ma’lum qilganimizdek, Xiaomi Mi Band 3 iyun oyidayoq Xitoyda savdoga chiqdi, faqat bu – mazkur sport brasletining oddiy talqinidir. Uning maxsus – NFC moduliga ega talqini esa sentyabrdan savdoga qo‘yiladi. Ushbu farqidan tashqari, hozirdan sotib olish mumkin bo‘lgan oddiy talqini xitoycha proshivkaga ega. Shunday bo‘lsa-da, unda rus, ingliz, ispan va portugal tillari o‘rnatilgan.

Xitoylik tadbirkorlar allaqachon Xiaomi Mi Band 3 smart-bilaguzugini onlayn savdo platformasi orqali sotuvga qo‘yib ulgurishgan. Uning narxi 35 AQSh dollaridan boshlanadi, bu esa taxminan 280 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Mazkur zamonaviy gadjetning video va suratlari hamda boshqa xususiyatlari bilan yanada batafsil tanishish hamda unga buyurtma berish uchun ushbu havola orqali tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Mazkur «aqlli» bilaguzuk jamlanmasida treker kapsulasi va uning tasmachasi, maxsus quvvatlash kabeli hamda foydalanish yo‘riqnomasi (xitoychada) mavjud. Xitoycha proshivkali hamda NFC modulisiz Xiaomi Mi Band 3 smart-brasletini 280 000 so‘mga olish uchun O‘zbekistondan ham buyurtma berish mumkin.

Agarda onlayn savdo borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa yoki bu borada biror muammoga duch kelishdan cho‘chisangiz, u holda bizning ko‘magimizga tayanishingiz ham mumkin.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.