Xiaomi Mi CC9 Pro "tomchi" kamerali bo‘ladi (+video)

Xiaomi Mi CC9 Pro

Xiaomi hozircha Mi CC9 Pro'ning orqa paneli va displeyning qayrilma yon tomonlari tasvirlangan reklama-rasmlarni taqdim qilgan edi, endi esa qurilmaning old tomoni aks etgan tiniqroq rasmlarini ulashdi.

Xalqaro bozorga Mi Note 10 nomi bilan chiqarilishi kutilayotgan Mi CC9 Pro "tomchi" selfi kamera, yonlari qayrilma ekranga ega bo‘ladi. Qurilma ikkita: yashil va gradyant oq marjon ranglarda bo‘ladi. Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalgan promo-tasvirlarda 5G tarmoq tasviri tushirilgan. Vaholanki, kompaniya smartfonga qaysi chip o‘rnatilgani haqida hazircha "lom-lim" degani yo‘q. Agar, smartfon mish-mishlarda aytilganidek, Snapdragon 730G'da ishlasa, unda 5G qo‘llab-quvvatlanishi mavjud bo‘lmaydi.Xiaomi yangi telefonini haqiqiy kamerafon sifatida reklama qilmoqda. Beshta kamerali gadjet Samsung'ning 108 megapikselli linzasi; 50x gibrid zum imkonini beruvchi 5x telefoto sensori; 107 daraja ko‘rish maydoniga ega 20 megapikselli ultra-keng burchakli linza hamda 1.5 sm masofadan tasvirga tushira oluvchi makro kameraga ega.5 noyabr kuni taqdim qilinuvchi Mi CC9 Pro'ning narxi haqida hozircha ma’lumot mavjud emas. Lekin aytish mumkinki, smartfon o‘ta qimmat bo‘lmaydi.

O‘QING: Xiaomi Mi CC9 Pro Xitoydan boshqa bozorlarga Mi Note 10 sifatida chiqariladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!