Xiaomi Mi Max 2: kamerasida olingan ilk surat, narxi va jihatlari

Xiaomi Mi Max 2: kamerasida olingan ilk surat, narxi va jihatlari

Smartfon ishlab chiqaruvchilarining yirik ekranli smartfonlari xalq tilida «planshetofon» deyiladi. Katta ekranli fablet ishlab chiqarishda Xiaomi ham ortda qolayotgani yo‘q. Jumladan, uning Xiaomi Mi Max turkumi katta ekranli hamyonbop telefon modellari orasida taniqlidir. Turkumning navbatdagi — Xiaomi Mi Max 2 modeli yetarlicha qiziq va o‘ziga xos.

Xiaomi Mi Max planshetofoni 2016 yilda eng yaxshi sotilgan gadjetlardan biri. Shu sababli, kompaniya uni yangi talqinda kuchli jihatlar bilan taqdim qilmoqda. Xiaomi Mi Max 2 “ajdodi”ga munosib: metall korpusli devays 6,44 dyuymli FullHD‑displey, apparat platformasida 8 yadroli yap-yangi Snapdragon 660 protsessori 4/6 gigabaytli tezkor xotira, 5000 mA soatli akkumulyator, Android 7.1.1 Nougat’ning yangi MIUI 9 proshivkasiga ega bo‘ladi.

12 may kuni insayderlar tomonidan hali taqdim qilinmagan fabletda olingan 4000x3000 pikselli quyidagi ilk surat e’lon qilindi. Planshetofonda 12 megapikselli Sony IMX378 sensori, ya’ni 2016 yilning eng ilg‘or, mi5s smartfonida foydalanilgan bosh kameraning bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fablet 215-245 dollar atrofidagi narxda sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!