Xiaomi Mi Max Prime – katta ekranli xitoylik “pahlavon”

Xiaomi Mi Max Prime – katta ekranli xitoylik “pahlavon”

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ortiqcha shov-shuvlarsiz shu yilning may oyida taqdim etilgan Xiaomi Mi Max telefonining kuchaytirilgan versiyasini namoyish qildi. Xiaomi Mi Max Prime nomli model o‘tmishdoshiga qaraganda ilg‘orroq protsessor va ko‘proq operativ xotiraga ega bo‘ldi.

Fablet to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. U 6,44 dyuymli Full HD formatidagi ekran, fazali avtofokus va ikki rangli chaqnoq bilan ta’minlangan 16 MPli kameraga ega. Old kamera sensorining aniqligi 5 MPni tashkil qiladi.

Xiaomi Mi Max Prime sakkiz yadroli Snapdragon 652 protsessorida ishlaydi, unga 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira (sotuv mintaqasiga qarab doimiy xotira hajmi farq qilishi mumkin) o‘rnatilgan. “Devkelbat” smartfon 4850 mA/st sig‘imidagi akkumulyatordan quvvatlanadi. U MIUI 8 interfeysidagi Android 6.0 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatadi.

Model $300 atrofida sotuvga chiqariladi.