Xiaomi Mi Mix 2S haqida yangi ma’lumotlarni oshkor etdi (+videolar)

  •   DiMaX
  •  2674
  •  23.03.2018 15:19

Xiaomi Mi Mix 2S haqida yangi ma’lumotlarni oshkor etdi (+videolar)

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi Mix 2S smartfoni taqdimoti yaqinlashgani sayin uning turli xususiyatlarini bittama-bitta oshkor qilib, barchaning qiziqishini ushlab turishga intilmoqda. Xabaringiz bor, bu gadjet haqida boshqa manbalardan tarqalgan ko‘plab mish-mishlarning qaysilari yolg‘on bo‘lib chiqqanini yozganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S’ning rasmiy suratlari u haqdagi yolg‘onlarni fosh etdi

Rasmlarida ko‘rinib turganidek, Mi Mix 2S modelida qo‘shaloq emas, balki bittagina modulli asosiy kamera bor ekan. Biroq uning imkoniyatlari ancha keng ekanligini namoyish etish uchun Xiaomi kompaniyasi maxsus reklama tizerlari va videoroliklar tayyorlagan.

Mi Mix 2S smartfonida foydalanuvchining yuzini skanerlagan holda qurilmani blokdan chiqarish funksiyasi bo‘lishi haqida avvaldan gap-so‘zlar yurardi. Xiaomi tayyorlagan quyidagi reklama videolavhasi buni tasdiqlaydi:

Bundan tashqari, Mi Mix 2S asosiy kamerasi «sun’iy idrok» tizimi bilan ta’minlangan bo‘lib, suratga olishning eng maqbul parametrlarini tanlash uchun u ob’yektiv hududidagi sahnalarni taniy biladi. Masalan, quyidagi rasmda u gulni «tanib olgan»i aks ettirilgan:

Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi «Tinch okeani sarhadi 2» fantastik filmiga ishlangan treylerga joylangan Mi Mix 2S reklamasini ham taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Mi Mix 2S taqdimoti 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Xiaomi kompaniyasining savdoga chiqarilgan ko‘plab turli qurilmalari esa O‘zbekistonda ham sotilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarining narxlari (2018 yil 19 mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!