Xiaomi Mi Mix 2s smartfoni – haqiqiy «xitoycha iPhone X»!

  •   DiMaX
  •  4436
  •  09.11.2017 11:43

Xiaomi Mi Mix 2s smartfoni – haqiqiy «xitoycha iPhone X»!

«Xitoycha Apple» ikki oygina avval o‘zining romsiz ekranli Mi Mix 2 flagmanini taqdim etgan edi. Endi esa tez orada uning yangicha talqini – Xiaomi Mi Mix 2s chiqadigan bo‘lib turibdi. Yangi smartfonning ilk suratlari Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.

O‘QING: Atigi 80 dollarga Android’da ishlovchi to‘rt kamerali iPhone X chiqyapti!

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi’ning yangi qurilmasi tashqi ko‘rinishidagi asosiy o‘zgarish displeyning tepa qismi bilan bilan bog‘liq. Ya’ni, kupertinolik gigantning «yubiley ayfoni»dagi singari, «xitoycha Apple»ning bu smartfoni ekranining yuqorisida ham kamera va boshqa datchiklar uchun «o‘yiq» joy qoldirilgan. Korpus old panelining boshqa joylari esa butkul ekrandan iborat!

Hozircha Xiaomi Mi Mix 2s modelining texnik xususiyatlari, taqdimot vaqti va narxi kabilar haqida ma’lumotlar yo‘q. Bu borada biror yangilik bo‘lishi bilan sizlarga yetkazamiz – bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!