Xiaomi Mi Mix 3 yana bir bor «jonli» suratda namoyon bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1402
  •  06.07.2018 10:55

Xiaomi Mi Mix 3 yana bir bor «jonli» suratda namoyon bo‘ldi

Xitoy internet kengliklarida Xiaomi Mi Mix 3 smartfonining yangi surati paydo bo‘ldi.

Suratda smartfon bundan avval e’lon qilingan qurilmani eslatadi. Unda kichkina rom bo‘lgani bilan katta displey o‘rnatilgan. Qurilmaning tepa qismida so‘zlashadigan dinamik ko‘rinib turibdi, pastda esa hech narsa ko‘rinmayapti. Yaqinda e’lon qilingan renderga ishonadigan bo‘lsak, qurilmaning old  kamerasi xuddi Vivo NEX’dagi kabi suriladigan bo‘ladi. Bundan tashqari, smartfon ekranidan bilish mumkinki, u MIUI 9’da ishlaydi va bu g‘alati ko‘rinmoqda, chunki kompaniya hozirda MIUI 10’ni testdan o‘tkazmoqda.

O‘QING:Xiaomi o‘zining Redmi 6 Pro smartfonini Bali Blue rangida namoyish etmoqchi

Gap-so‘zlarga qaraganda, Xiaomi Mi Mix 3 kengformatli, tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan displey bilan taminlanadi, chip Qualcomm’dan bo‘ladi. Qurilmaning tezkor xotirasi atigi 6/8 GB va ichki xotirasi  256 GB’gacha bo‘ladi. Smartfon  shu yil sentyabr oyida omma e’tiboriga havola etilishi kerak.

O‘QING:Xiaomi 2019 yilda AQSh bozorini zabt etmoqchi, ruxsat berilsa, albatta

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.