Xiaomi Mi Mix 4 ko‘rinmas ekranosti kamera hamda orqa panel displeyiga ega bo‘lishi kutilmoqda

Xiaomi Mi Mix 4 ko‘rinmas ekranosti kamera hamda orqa panel displeyiga ega bo‘lishi kutilmoqda

Xiaomi bir necha yildan beri ekranosti kamerasi ustida ishlayotgan edi. Lekin shu kungacha kompaniya hali biror bir smartfonga ushbu turdagi kamerani o‘rnatmadi.

O‘QING: Xiaomi flagmaniga bitta quvvatda 14 kun ishlash imkonini beruvchi yangi rejim qo‘shildi!

Mi 10 Ultra ekranosti kameraga ega bo‘lgan birinchi Xiaomi smartfoni bo‘lishi kutilyotgan edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Bu yili sotuvga chiqqan Mi 11 Ultra'ga ham ekranosti kamera o‘rnatilmadi. Endi esa kompaniya ushbu turdagi kamerani Mi Mix 4 smartfoniga o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Kamera ishlamayotgan payt umuman ko‘zga ko‘rinmaydi. Biroq ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, agar ekran ostiga kamera joylashtirilsa, displey rezolyusiyasi 1080p+ bilan cheklanadi. Bunday displeyni kompaniyaga Huaxing Optoelectronics yetkazib beradi.

Qurilma narxining oshib ketmasligi uchun xitoylik smartfonsoz unga to‘rt tomoni qayrilgan displey o‘rniga ikki tomoni qayrilgan displey o‘rnatmoqda. Ayrim manbalarlga ko‘ra, Mi Mix 4 smartfoni 930 dollardan sotuvga chiqadi.

Shuningdek, smartfonning barcha tomonlari aks etgan video ham internet sahiflariga yuklandi.

Xiaomi kompaniyasi Mi Mix 4 MIUI 13 tizimida ishlashini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, smartfon Snapdragon 888 chipi hamda 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Qurilma 120 vattda quvvat oladi hamda unda 80 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11T hamda Mi 11T Pro mana shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!