Xiaomi Mi Mix 2: jihat va kamerasida olingan ilk suratlar

Xiaomi Mi Mix 2: jihat va kamerasida olingan ilk suratlar

Kutilganidek, Xiaomi kompaniyasi Xitoyda 2-avlod Mi Mix romsiz flagmanini taqdim qildi. Xiaomi Mi Mix ilk marotaba 2016 yilning noyabrida e’lon qilingan edi. Uning bosh o‘ziga xosligi 6,4 dyuymli, deyarli yon tomonlar romidan xoli displey bo‘lgan.

Xiaomi Mi Mix 2 deb nom olgan bu model ekranining tomonlar nisbati 18:9 sm. Ekran old panelning 93 %ini egallab olgan. Bunga displey ostidagi hoshiyani 12% ga qisqartirish evaziga erishilgan.

Bu gal ekran bir oz ixcham: 5,99 dyuymli displeyning piksellar sig‘imi 2160x1080 ta belgini qamrab oladi. Bosh kamera -- 1 ta sensorli. 

Hamyonbop gadjetlarining bosh kamerasiga birinchilardan bo‘lib qo‘sh sensor o‘rnatgan Xiaomi bu galgi flagmaniga 12 megapikselli, biroq eng kuchli -- Sony IMX386 sensorini o‘rnatgan. Bu kamerada olingan quyidagi ilk suratlarga baho bering:

Xiaomi Mi Mix 2 keramik korpusga va bosh kamera gardishini o‘rab olgan 18 karatli oltin halqaga ega bo‘lgan. Uning apparat ta’minoti uchun Qualcomm Snapdragon 835 chipi mas’ul. Smartfon oddiy talqinida 6 gigabaytli tezkor va 64/128/256 gigabaytli doimiy xotira mavjud.

Shuningdek, Special Edition, ya’ni maxsus talqinda 8 GB "operativka" va 128 GB doimiy ichki xotira mavjud. Bu talqin uchun ham keramika korpus tayyorlangan. Faqat mazkur korpus "unibody", ya’ni yaxlit dizaynda yaratilgan. Ushbu talqin oq rangli korpusda ham sotuvga chiqariladi.

Xiaomi Mi Mix 2'ning 6 GB "operativka" va 64 GB doimiy xotiraga ega versiyasi 507 dollar, 6 GB "operativka" va 128 GB doimiy xotiraga ega versiyasi 553 dollar, 6 GB "operativka" hamda 256 GB doimiy ichki xotiraga ega versiyasi 615 dollardan sotuvga chiqariladi.
Premium-versiya esa 722 AQSh dollaridan sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!