Xiaomi Mi Mix noyob kameraga ega bo‘ladi

Xiaomi Mi Mix noyob kameraga ega bo‘ladi

Xiaomi kompaniyasi 29-mart kuni «Mega Launch» taqdimotni o‘tkazishni rejalagan. Taqdimotda Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra bilan birga navbatdagi Mi Mix smartfoni taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Xitoylik smartfonsozning tizer videoda ma’lum qilishicha, smartfon kompaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan suyuq kamera linzasiga ega bo‘ladi:

Ushbu linza xuddi inson ko‘zi kabi ishlashi va turli masofalardagi ob’yektlarni o‘ta tezkorlik bilan fokusga olishi ko‘zda tutilgan.

Xiaomi joriy texnologiyani «Bionik fotografiya» deb nomlagan. Bunda, shaffof suyuqlik atrofi o‘ta yupqa plyonka bilan qoplangan bo‘ladi. Ushbu plyonka tezkor qayta fokusni ta’minlash va tasvir sifati buzilishining oldini olish uchun linza egriligini o‘zgartiradi.

Kompaniyaning Weibo'dagi postiga ko‘ra, bu suyuqlik yuqori nur o‘tkazuvchanligi va o‘ta past dispersiyasiga ega hamda tashqi muhit ta’siriga juda chidamli.

Xiaomi ushbu yangilikni balandparvoz usulda ta’riflamoqda, biroq bu texnologiyaning smartfonlarda qanday usulda qo‘llanilishi hozircha noma’lum.

Ushbu yangilik haqida batafsil taqdimot payti bilib olamiz.

O‘QING: Xiaomi Redmi 9T'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!