Xiaomi Mi Pad 4: endi unda MIUI 10 global beta-versiyasi bor

  •   Saroy
  •  992
  •  11.07.2018 14:56

Xiaomi Mi Pad 4: endi unda MIUI 10 global beta-versiyasi bor

Xiaomi kompaniyasi o‘tgan oyda Mi Pad 4 qurilmasini namoyish etdi. Yangi qurilma MIUI 9’da ishlaydi, lekin ayni paytda  planshet uchun  MIUI 10 chiqayotgani haqida ham ma’lumot paydo bo‘ldi.

Dasturchilar proshivkaning global beta-versiyasini chiqardilar. Yangilinish   8.7.5 raqamini oldi va  1.2 GB’ga ega. Yangi versiyada dasturiy ta’minotning ishlash samaradorligi hamda rasmlarni qayta ishlash uchn sun’iy ong anchayin yaxshilandi, shuningdek interfeys ham o‘zgargan. Bundan tashqari, Mi Pad 4 uchun MIUI 10 da  boshqarish jestlari ham kuchaytirildi. Ayni paytda istagan foydalanuvchi proshivkani yuklab olishi mumkin.

O‘QING:Xiaomi Redmi 6A 3/32 va 4/64 GB xotira versiyasiga ega bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, planshet 8-dyuymli, tomonlar nisbati 16 ga 10 bo‘lgan LCD-displey bilan ta’minlangan. Formati 1920×1200 pikselli. Qurilmaning ishlashini  sakkizyadroli Snapdragon 660 protsessori, hamda 3 yoki 4 GB tezkor xotira ta’minlaydi. Shuningdek, Mi Pad 4 32/64 GB ichki xotiraga ham ega, batareya sig‘imi 6000 mAch. Qurilma 13-megapikselli asosiy kameraga va 5-megapikselli old kameraga ega.

O‘QING:Xiaomi Mi Mix 3 yana bir bor «jonli» suratda namoyon bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!