Xiaomi Mi TV 3S seriyasiga 60 dyuymli Ultra HD televizor qo‘shildi

Xiaomi Mi TV 3S seriyasiga 60 dyuymli Ultra HD televizor qo‘shildi

Bundan bir necha hafta oldin Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi turkumdagi Mi TV 3S nomli televizorlar seriyasini namoyish qilgani haqida xabar kilgan edik. Mazkur seriyada Home Theater uy kinoteatri, Mi TV 3S Standart Edition va bazaviy modifikatsiyadagi Mi TV televizorlarini o‘rin olgan. Kuni kecha Xiaomi Mi TV 3S televizorlar seriyasi yana bir 60 dyuymli Ultra HD aniqligidagi ekranga ega yangi model bilan boyitildi.

5P3RtTY1Hrz1Mz0ZsYFz132H7CtxZYaJP

4PDA saytining xabar berishicha, yangi 60 dyuymli modelga LG tomonidan ishlab chiqarilgan IPS matritsali displey o‘rnatilgan, HDR funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Televizor Mi TV 3S seriyasidagi boshqa modellar singari yupqa korpus, ingichka ramka va zamonaviy dizaynga ega. Unga takt chastotasi 1,98 GGs bo‘lgan Alogic T968 protsessori, 2 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Wi-Fi, Bluetooth 4.0, Dolby Audio va DTS Surround Sound interfeyslari tatbiq etilgan.

Televizorning orqa tarafida 3 ta HDMI port, bittadan USB 3.0 va USB 2.0 hamda standart AV slot o‘rnatilgan.

5P3RtLofLVz2rhawyy004z1leDIaEgep

Yangi model $668 narxida sotuvga chiqarildi. U seriyadagi eng qimmat Home Theatre versiyasidan 200 dollarga arzonroqdir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!