Xiaomi Mi TV 3S televizorlarini uch xil versiyada sotuvga chiqaradi

Xiaomi Mi TV 3S televizorlarini uch xil versiyada sotuvga chiqaradi

Bugun o‘tkazilgan taqdimot doirasida Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi TV 3S nomli 4K – teledizorlarni ham namoyish qildi. Televizorlar uch xil versiyada: Home Theater uy kinoteatri ($900), Mi TV 3S Standart Edition versiyasi ($700) va bazaviy modifikatsiyadagi Mi TV ($529) sotuvga chiqariladi. Xiaomi Mi TV 3S televizorlari tekis ekran va yangi alyuminiy korpusga ega bo‘lgan. Seriyadagi eng yupqa televizorning qalinligi 9,9 millimetrni tashkil qiladi.

Mi-TV-3S-image-01

fSeriyadagi Home Theater versiyasiga Samsung tomonidan tayyorlangan 65 dyuymli 4K ekran, akustika tizimi va 2,25 dyuymli dinamiklar o‘rnatilgan.

5P3Rt5YPdhxUf1ZYFz13Y1l8z0gem9Ua  5P3RtPQr90PhuAnF236B6ZMk43IyFl

Xiaomi Mi TV 3S Standart Edition ham Samsung tomonidan tayyorlangan 65 dyuymli 4K ekran, HDR funksiyasi va DTS kodlash tizimi bilan ta’minlangan.

Bazaviy modifikatsiya borasida hozircha yetarli tafsilotlar mavjud emas. Hozircha uning 55 dyuymli ekranga egaligi haqida xabar berilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!