Xiaomi nihoyat Mi Max 3 smartfonini rasman ko‘rsatdi va Apple’ni maydonga chorladi!

  •   DiMaX
  •  1375
  •  16.07.2018 09:21

Xiaomi nihoyat Mi Max 3 smartfonini rasman ko‘rsatdi va Apple’ni maydonga chorladi!

Yirik ekranli planshetofonlar orasida «xitoycha Apple»ning Mi Max turkumi qurilmalarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. Bu turkumdagi uchinchi avlod fabletning namoyishiga ham sanoqli kunlar qolgan.

O‘QING:  Mi Max 3'ning taqdimot sanasi rasman e’lon qilindi

Kuni kecha – 15 iyulda esa ishlab chiqaruvchining o‘zi Mi Max 3 modelining suratini ilk bor rasman namoyish etdi. Mazkur rasm Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi rasmiy akkauntida e’lon qilingan.

Shu bilan birga, Xiaomi bu smartfonning ayrim texnik xususiyatlarini ham birinchi marta rasman ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Mi Max 3 fableti diagonaliga 6,9 dyuymlik IPS-ekran bilan ta’minlanadi. Displeyning piksellar sig‘imi 2160x1080 belgiga teng, ya’ni FHD+ formatida. Shuningdek, planshetofonning 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyatori Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangani ham rasmda ko‘rsatilgan.

Mana, suratni birga tomosha qilamiz:

Payqagan bo‘lsangiz kerak – mazkur rasmda Xiaomi kompaniyasi Mi Max 3 fabletini oddiy 4,7 dyuymlik iPhone 8 smartfoni bilan qiyoslagan, faqat ayfonni «Uyga» tugmachasini olib tashlash yo‘li bilan niqoblagan. Bu bilan xitoylik kompaniya kupertinolik gigantni raqobat maydoniga chaqirayotgandek ham bo‘lgan. Kutaylik-chi, Mi Max 3 chindan ham raqobatbardosh smartfon bo‘larmikan?

Darvoqe, Xiaomi’ning sotuvga chiqqan ko‘plab modellardagi smartfonlariga yurtimizda ham buyurtma berish mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL eltib beriluvchi Xiaomi smartfonlarining chegirmali narxlari (2018 yil 14 iyul)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!