Xiaomi’ning 125 dollarlik yangi «aqlli» gadjeti – shunchaki hayratomuz!

  •   DiMaX
  •  2095
  •  21.05.2018 16:01

Xiaomi’ning 125 dollarlik yangi «aqlli» gadjeti – shunchaki hayratomuz!

Odatda barmoq izi skaneri, ko‘z yoyi skaneri kabi innovatsion datchiklar mobil qurilmalar va xavfsizlik moslamalariga o‘rnatiladi. Ammo xitoylik korporatsiya ularni o‘zining turli boshqa devayslariga ham tatbiq eta boshlagan.

O‘QING: Xiaomi’ning 20 dollarlik yangi gadjeti barchaga asqotadi

Jumladan, shu kunlarda Xiaomi kraudfanding platformasida yangi variantdagi «aqlli» chemodan e’lon qilingan. «90 Points Smart Suitcase» deb ataluvchi bu jihoz qulfi egasining barmoq izini skanerlash orqali ochiladi.

Aytish kerakki, bunday «aqlli» funksiyalar shu paytgacha mazkur brendning qimmatbaho – metall korpusli chemodanlaridagina qo‘llanib kelayotgan edi. 90 Points Smart Suitcase modelida esa mustahkam uch qavatli polikarbonat – Makrolon ishlatilgan va uning faqat romigina alyuminiy qotishmasidan qilingan. chemodanning g‘ildiraklari 360 darajada aylana oladi, maxsus konstruksiya uning umuman shovqinsiz harakatlanishini ta’minlaydi. Anodirlangan alyuminiydan ishlangan sozlanuvchi teleskopik tutqichi esa to‘rt xil holatni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Elektrochemodan: endi siz chemodanni emas, chemodan sizni ko‘taradi (Video)

90 Points Smart Suitcase chemodanining TSA-qulfida faqatgina barmoq izini skanerlash maydonchasi mavjud. Roliklar yordamida teriluvchi an’anaviy raqamli kod varianti bu modelda qo‘llanmagan. Shunisi g‘alatiroq ko‘rinyapti – bordiyu daktiloskopik datchik biror sabab bilan ishlamay qolsa...

Aytish kerakki, bu chemodanda smartfondagi ilovalar bilan sinxronlashish funksiyasi yo‘q, barcha sozlamalar uning o‘zida amalga oshiriladi. Uning quvvatlanishi rejimi uchun ham ikki xil yechim taklif etiladi: yo har yarim yilda almashtirish talab etiluvchi ikkita batareya, yoki g‘ildiraklari orasidagi himoyali portativ akkumulyator.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Yangi turkumdagi chemodan hozircha 20 dyuymlik yagona modelda chiqarilmoqda – uning sig‘imi 35 litrni tashkil etadi. Innovatsion chemodanni uch xil – jilokor yashil va sariq, shuningdek, jilosiz qora ranglarda tiqdim etishayotir.


Narx masalasiga kelsak, kraudfandingda 90 Points Smart Suitcase chemodaniga taxminan 125 AQSh dollaridan buyurtma berish mumkin. Bu esa Xiaomi’ning metall korpusli, Bluetooth boshqaruvli chemodanidan ikki baravarga arzon, deganidir.

Umuman olganda, «xitoycha Apple» shu kabi ko‘plab turli gadjetlarni ishlab chiqarishi bilan butun dunyoda tanilib borayotir. Yurtimizda ham uning ko‘plab smartfonlariga va boshqa devayslariga rasman buyurtma berish imkoni mavjud.

O‘QING: Toshkentda Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 12 may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!