Xiaomi'ning 90 dollarlik yangi smartfonida suratga olib ko‘rishdi

Xiaomi'ning 90 dollarlik yangi smartfonida suratga olib ko‘rishdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kecha o‘zining navbatdagi eng arzon smartfonini taqdim qildi. 5 dyuymli Xiaomi Redmi 5A apparat ta’minoti uchun taniqli va ishonchdan o‘tgan 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 425 tanlangan. Hamyonbop model bo‘lgani bois, Xiaomi Redmi 5A HD displey, 2 Gb operativ va 16 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. microSD yordamida xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin.

Xiaomi Redmi 5A kuchli kamerafon emas va unga 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kamera tanlangan. Bu borada uning imkoniyatlari boshlang‘ich darajada.

Xiaomi 90 AQSh dollariga baholagan smartfoni narxiga arzishini isbotlashga urinmoqda. Bugun kompaniya mazkur gadjetning kamerasi olgan ilk suratlarni foydalanuvchilar e’tiboriga havola qildi. Kompaniya prezidenti Li Binning shaxsan o‘zi Redmi 5A'ning bosh kamerasida olingan suratlarni e’lon qildi.

Redmi 5A'ning bosh kamerasidagi yorug‘lik taqsimotiga f/2.2 standartli diafragma tanlangan. Bu kamera smartfon kamerasi texnologiyasida keng foydalaniladigan fazali avtofokus (PDAF) funksiyasiga ega bo‘lgan.

Ko‘rinib turibdiki, smartfon kamerasi olgan suratlar sifati uning narxiga yarasha. Agarda yanada yaxshiroq kamerafon kerak bo‘lsa, bir oz pul qo‘shing va brendning munosib kamerafonlaridan xarid qiling.