Xiaomi’ning ikkita ommabop smartfonida Android Oreo bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmoqda

  •   DiMaX
  •  1289
  •  19.07.2018 19:47

Xiaomi’ning ikkita ommabop smartfonida Android Oreo bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmoqda

Turli-tuman modellari va hamyonbop narxlari bilan Xiaomi kompaniyasi smartfon bozorini tobora ko‘proq zabt etib kelayotganini bilamiz. Ammo ularning ayrimlarida, xususan, yangi proshivkalar bilan bog‘liq muammolar ham uchrab turibdi.

O‘QING: Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing

Gizchina nashri xabariga ko‘ra, Xiaomi Mi 5S hamda Mi 5S Plus rusumli smartfonlarida shunday holat yuzaga kelgan. Aniqrog‘i – gap kompaniya ushbu modellar uchun ishlab chiqqan Android Oreo talqini asosidagi MIUI 10 proshivkasida. Mazkur talqingacha yangilangan smartfonlarning ayrim funksiyalari ishlamay qolmoqda.

Xususan, Mi 5S Plus modelining qo‘shaloq kamerasida hamda ultratovushli daktiloskopik datchikda muammo kuzatilgan. Xiaomi buning yechimi uchun Qualcomm muhandislariga murojaat etgan – mazkur smartfonlarda aynan shu kompaniya protsessorlari qo‘llangan.

Kamera bilan bog‘liq ayrim muammolar hal etilgan, lekin bu rusumlardagi smartfonlar uchun Android Oreo bazasidagi barqaror proshivka joriy yilning noyabridagina chiqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi'ning 29 ta smartfon modeli MIUI 10'ga ega bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.