Xiaomi’ning navbatdagi rekordi: tahlilchilar hayratda, investorlar quvonchda!

  •   DiMaX
  •  1792
  •  04.05.2018 10:31

Xiaomi’ning navbatdagi rekordi: tahlilchilar hayratda, investorlar quvonchda!

Strategy Analytics kompaniyasi tahlilchilari smartfonlar bozori bo‘yicha joriy yilning birinchi choragi yakunlarini e’lon qilishdi. Natijalarga ko‘ra, bir necha yillardan beri birinchi marta 2018 yili smartfonlar savdosida pasayish kuzatilgan.

2018 yilning ilk choragida butun dunyo bo‘yicha smartfonlarga talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 foizga kamaygan. Shunga qaramasdan, ishlab chiqaruvchilar smartfonsozlikda yaxshi natijalarga erishganlar.

Jumladan, Xiaomi korporatsiyasi bir yil mobaynida o‘z smartfonlari savdosini ikki baravardan ziyod hajmda, ya’ni 12,6 million donadan 28,3 million donagacha oshirgan. Bu bilan u jahon smartfon bozoridan 8,2 foiz ulushni egallagan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Shu tariqa, rekord darajadagi taraqqiyoti evaziga Xiaomi dunyoning yetakchi smartfonsozlari reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu bilan u o‘z yurtdoshi – Oppo brendidan o‘zib, uni beshinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi.

Mana, dunyoning yetakchi smartfonsozlari reytingi, ularning ko‘rsatkichlari endi quyidagicha ko‘rinish oldi:

O‘QING: Xiaomi’ning yana bir rekordi: bu gadjetning ilk partiyasi 10 soniyadayoq sotib tugatildi!

Mutaxassislarning fikricha, joriy yilda Xiaomi bu yil dunyo bo‘ylab o‘z mobil qurilmalarining savdosini loaqal 50 foizga oshirishga erishsa ham, 2019 yil boshida u Huawei’dan o‘zib ketib, uchinchi raqamli smartfonsoz maqomiga erishishi mumkin!

Tabiiyki, bunday ko‘rsatkichlar Xiaomi rahbariyati, xodimlari va fanatlari bilan bir qatorda, investorlarini ham quvontirmoqda. Axir, kompaniya qanchalik dong taratib, yiriklasha borgani sayin undan tushadigan daromad ham shunchalik oshib boradi-da.

Qizig‘i shundaki, «xitoycha Apple» bunday natijaga smartfonlaridan eng minimal darajada foyda olgan holda erishayotir.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!