Xiaomi’ning qudratli Black Shark smartfonini taqdimotidan bir kun avval «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1307
  •  12.04.2018 15:56

Xiaomi’ning qudratli Black Shark smartfonini taqdimotidan bir kun avval «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi korporatsiyasi Black Shark Technology startapi bilan birgalikda ilk haqiqiy o‘yinbop smartfon tayyorlaganidan xabaringiz bor. Qanchalik sir tutishga urinishsa ham, insayderlar uning «jonli» suratlarini tarqatishgan.

O‘QING: Kun fotosi: ajraluvchi kontrollerga ega Black Shark o‘yin smartfoni

Endi esa mazkur qudratli qurilmaning «jonli» videosini ham internetga chiqarishdi. Shu bilan birga, uning ayrim xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar ham paydo bo‘ldi.

Mana, nihoyat, smartfonni «jonli» videoda birga ko‘ramiz:

Xabaringiz bor – Xiaomi’ning ushbu «Qora Akula»siga qarshi yana bir xitoylik – ZTE korporatsiyasi o‘zining «Qirmizi Jodu» o‘yinbop smartfonini tayyorlamoqda.

O‘QING: Nubia o‘yinbop smartfonlari uchun Red Magic brendini taqdim etdi

Yuqoridagi videolavhada guvohi bo‘lganingizdek, Xiaomi Black Shark smartfonining orqa paneli «X» shaklidagi dizaynga ega. Geymerofonning asosiy kamerasi, so‘nggi trendga mos holda, ikkita ob’yektivli qilib ishlangan. Old paneliga kelsak, ekran ostida tugmachani ko‘rishimiz mumkin, unga daktiloskopik datchik joriy etilgan.

Shuningdek, videoda orqa fonda ko‘rinayotgan quti ham kishida qiziqish uyg‘otadi. Unda qurilmaga bir tomonidan o‘rnatiladigan va chap qo‘lga moslashgan geympad tasvirlangan.

Bugun chiqqan yangi ma’lumotga ko‘ra, Xiaomi o‘zining ushbu Black Shark smartfonini ertaga – 13 apreldayoq namoyish etadi. Kompaniya rahbari Ley Szyun ushbu taqdimot tadbirida shaxsan ishtirok etishini allaqachon tasdiqlagan. Xiaomi kompaniyasi yangi startapning sarmoyadorlaridan biri bo‘lsa-da, Black Shark smartfoni korpusida Mi logotipi bo‘lmaydi. Biroq «xitoycha Apple» yaqin orada o‘zi boshqa modelini taqdim etish arafasida.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi uzoq kutilgan Mi 6X taqdimotiga taklif etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!