Xiaomi'ning yana 9 ta smartfoni MIUI 9'ning global talqiniga ega bo‘ldi

Xiaomi'ning yana 9 ta smartfoni MIUI 9'ning global talqiniga ega bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi 26 iyulda yangi avlod MIUI 9 mobil platformasini taqdim qilgan edi. Kutilganidek, yangi MIUI 9 proshivkasi Android Nougat 7.0'ning o‘zlashtirilgan talqini bo‘ldi.

Avgust oyi avvalida Mi6, Mi5X i Redmi Note 4X (na Qualcomm) smartfonlarida MIUI 9 yangi avlod operatsion tizimining sinov talqinidan foydalanish mumkin bo‘lgan edi. Kuni kecha bu ro‘yxat ishlab chiqaruvchining yana to‘qqizta telefon apparatlari -- Mi Mix, Mi Note 2, Mi5, Mi5S, Mi5S Plus, Mi Max 2, Mi Max, Redmi 4 hamda Redmi 4X smartfonlari bilan boyidi. Yangi proshivkani smartfoningizga bu yerdan yuklab olsangiz bo‘ladi.

Shu bilan birga, Xiaomi'ning xabar berishicha, sentyabr so‘nggiga qadar MIUI 9'ning xalqaro beta-versiyasidan foydalanish imkoniga Redmi 2, Redmi 2 Prime, Mi3, Mi4, Redmi Note 3 (Qualcomm), Redmi Note 3 Special Edition, Redmi Note 4 (MediaTek), Mi4i, Redmi Note 2, Redmi Note Prime, Mi2, Mi2S, Mi Note, Redmi 3 Prime, Redmi 3S, Redmi 3S Prime, Redmi 4A hamda Redmi 4 Prime modellari ham ega bo‘ladi.

Ma’lumot oqimini rejalashtirish va protsessordagi yuklab olishlarni "aqlli taqsimlash" mexanizmining optimallashuvi natijasida bu tizim smartfonga yanada tezkor ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Smart Assistant virtual "aqlli yordamchisi" smartfondagi zarur fayllarni, qaydlarni, surat va matnni izlashga yordam beradi. Uni Google Assistant'ning muqobili deyish mumkin.

Shuningdek, MIUI 9'da bir vaqtning o‘zida 2 ta ilovadan foydalanish mumkin. Deylik, siz biror messenjerdan muayyan manzilni olasiz. Shu vaqtda sizga "Xarita" ilovasini ochish imkoni beriladi.

MIUI 9'dagi yana bir kutilgan funksiya -- "ko‘p oynali" rejim bo‘ldi.  Uning yordamida ekranni 2 ga bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2 tadan ziyod ilovadan foydalanish mumkin.

Batafsil tanishing: MIUI 9 taqdim qilindi: Xiaomi'dan 3 innovatsion jihat

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!