Xiaomi’ning yana bir ommabop smartfoniga Face Unlock qo‘shilmoqda

  •   DiMaX
  •  1443
  •  27.04.2018 14:40

Xiaomi’ning yana bir ommabop smartfoniga Face Unlock qo‘shilmoqda

Android-smartfonlarni old kamera yordamida foydalanuvchi yuzini tanib olish orqali blokdan chiqarish – Face Unlock funksiyasi bu yil nisbatan arzon qurilmalarga ham tatbiq etila boshlagan. Ayrimlarida u qadoqdagi payti o‘rnatilgan proshivkasidayoq mavjud bo‘lsa, ba’zi modellarga yangilanishlar orqali taqdim etilmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ning ikki modeldagi smartfoniga Face Unlock funksiyasi qo‘shildi

Jumladan, Xiaomi kompaniyasining 2016 yili taqdim etilgan va hozirgacha ommabop smartfonlaridan biri – Mi 5 modeliga ham shu funksiya tatbiq etilmoqda. Face Unlock texnologiyasi bu smartfonga so‘nggi – MIUI 9 (8.4.25) beta talqini bilan keladi.

Agarda sizning Mi 5 qurilmangiz proshivkasi ayni shu talqini bo‘lsa, unda yuzni tanish funksiyasini faollashtirsangiz bo‘ladi. Buning uchun smartfon sozlamalarining xavfsizlik va bloklash bo‘limiga kirib, o‘sha yerdan sozlaysiz.

MIUI 9 proshivka talqinining yakuniy varianti taqdim etilishi bilan barcha Mi 5 sohiblari Face Unlock funksiyasidan bahramand bo‘lishadi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, Xiaomi kompaniyasining turli modellardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham sotilmoqda.

O‘QING: Toshkentda Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 18 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.