Xiaomi'ning yangi hamyonbop modellarining olx.uz'dagi narxlari

Xiaomi'ning yangi hamyonbop modellarining olx.uz'dagi narxlari

Xiaomi kompaniyasi shu yilning 5 sentyabrida Google kompaniyasi bilan hamkorlikda Xiaomi Mi A1 smartfonini taqdim qilgan edi. Mazkur mobil telefonning boshqa modellardan eng katta farqi -- u ishlab chiqaruvchining MIUI proshivkasi emas, Google'ning Android One tizimiga ega bo‘ladi.
Qo‘sh sensorli ilg‘or bosh kameraga ega bo‘lgan Xiaomi Mi A1 12 sentyabrdan boshlab xalqaro bozorda 230 AQSh dollaridan ( 4+64 GB talqini) sotuvga chiqarilgan edi.

Qisqacha texnik tavsif:
Ekran: 5.5", Full HD, IPS
Chip: Snapdragon 625;
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy, microSD -- 128 GB;
Bosh kamera: 12 + 12 Mp;
Old kamera: 5 Mp;
Batareya: 3080 mA soat.

O‘qing: Xiaomi va Google Mi A1'ni taqdim qildi: kamera iPhone 7 Plus'niki kabi

olx.uz'da Xiaomi Mi A1'ga belgilangan narxlar:

Xiaomi Mi A1 4/64Gb -- 250 AQSh dollari;
Xiaomi Mi A1 4/64Gb -- 260 AQSh dollari;
Xiaomi Mi A1 4/64Gb -- 270 AQSh dollari;
Xiaomi Mi A1 4/64Gb -- 280 AQSh dollari;

2017 yilning 23 oktyabr holatida «Malika» savdo markazida Mi A1 modeli (64 gb) 2 255 000 so‘mdan sotilmoqda.

Shuningdek, 26 iyulda taqdim qilingan Xiaomi Mi 5X ilg‘or MIUI 9 operatsion tizimida ishlaydigan ilk smartfon. Shu bilan birga, bu devaysda qo‘sh ob’yektivli bosh kamera joriy qilingan. Kompaniya uning uchun 220 dollar so‘ramoqda.

Qisqacha texnik tavsif:
Ekran: 5.5", HD, IPS
Chip: Snapdragon 625;
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy, microSD -- 128 GB;
Bosh kamera: 12 + 12 Mp;
Old kamera: 16 Mp;
Batareya: 3080 mA soat.

olx.uz'da Xiaomi Mi 5x'ga belgilangan o‘rtacha narxlar:

Xiaomi Mi 5x 4/64 Gb (qora) -- 255 AQSh dollari;
Xiaomi Mi 5x 4/64 Gb -- 265 AQSh dollari;
Xiaomi Mi 5x 4/64 Gb (bir muddat foydalanilgan) -- 210 AQSh dollari.

O‘qing: Xiaomi Mi 5X: arzon smartfon yaxshi surat oladi

2017 yilning 23 oktyabr holatida «Malika» savdo markazida Xiaomi Mi 5x modeli (64 gb) 2 255 000 so‘mdan sotilmoqda. Uning 32 gigabaytli talqini uchun 2 091 000 so‘m narx belgilangan.

Xiaomi 25 may kuni Pekinda Mi Max 2 fabletini taqdim qilgan edi.
6.44 dyuymli Full HD ekranga ega Mi Max 2’da yaxlit metall korpus, 4 gigabaytli tezkor va 64 yoki 128 GB doimiy xotira, 12 MP bosh va 5 MP old kameralar, orqa panelda barmoq izlari skaneri, energo-tejamkor va 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625 chipseti o‘rnatilgan.

O‘qingXiaomi Mi Max 2 taqdim qilindi: Mi6’ning kamerasi, 6.4 dyuymli Full HD ekran, yirik batareya

Gadjet stereo, ya’ni 2 ta audio karnaylarga ega bo‘lgan. 5300 mA soat elektr tokini sig‘diradigan akkumulyator Quick Charge 3.0 texnologiyasiga ega va 1 soatda quvvatini 68 foizga to‘ldiradi.

olx.uz'da Xiaomi Mi Max 2'ning 4/64 (tilla rangli) talqini uchun 270 dollar narx belgilangan.

2017 yilning 23 oktyabr holatida «Malika» savdo markazida Mi Max 2 (4/64 gb) 2 214 000 so‘mdan sotilmoqda.

Shuningdek, bu savdo platformasida Xiaomi Mi MIX 2 flagmani 660, Xiaomi Mi 6 esa 400 dollarga, yanada hamyonbop Xiaomi Redmi 4X (32 gb) 190, uning 16 GB talqiniga 1 200 000 so‘m, Xiaomi Redmi NOTE 4X 180 dollarga baholangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!