Xiaomi’ning yangi innovatsion gadjeti atigi 8 dollarga baholandi

  •   DiMaX
  •  1730
  •  02.06.2018 11:35

Xiaomi’ning yangi innovatsion gadjeti atigi 8 dollarga baholandi

«Xitoycha Apple» bizda asosan smartfonlari orqali mashhur, ammo uning boshqa mahsulotlari ham sifatli va hamyonbopligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda, Xiaomi korporatsiyasi ko‘plab bo‘limlarga ega bo‘lib, ularda turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Kuni kecha Xiaomi kompaniyasi navbatdagi innovatsion mahsuloti – Mi Wireless Mouse Youth Edition sichqonchasini taqdim etdi. Nomidagi «Wireless» so‘zidan uning simsiz ekanini, «Youth Edition» qismidan esa yoshlarga mo‘ljallanganligini anglash qiyin emas.

Sichqonchaning tashqi ko‘rinishi sokin va lo‘nda sanoat dizaynini o‘zida aks ettiradi. Uning korpusi ABS plastigidan ishlangan, yon tomonlariga esa rezinalar qo‘yilgan. Bu qo‘lga yoqimli teginishni va ishlatishda qulaylikni ta’minlaydi.

O‘QING: Xiaomi’ning 125 dollarlik yangi «aqlli» gadjeti – shunchaki hayratomuz!

Mi Wireless Mouse Youth Edition o‘lchamlari 102x58x34 millimetrga teng, vazni esa 70 gramm tosh bosadi. Bu qurilma kompyuterga 2,4 GGs chastotali radiokanal orqali ulanadi. Ishlab chiqaruvchining da’vosiga ko‘ra, mazkur sichqonchaning tugmachalari 3 million marta bosishga yaraydi.

Ikki xil – oq va qora ranglarda taqdim etilgan bu devays narxi atigi 8 AQSh dollariga teng. Shu tariqa, Mi Wireless Mouse Youth Edition gadjeti Xiaomi katalogidagi eng arzon simsiz sichqoncha ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.

O‘QING: Xiaomi’ning 20 dollarlik yangi gadjeti barchaga asqotadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!