Xiaomi ommabop smartfonlaridan birining Lite versiyasini chiqaryapti

Xiaomi ommabop smartfonlaridan birining Lite versiyasini chiqaryapti

Xiaomi o‘tgan noyabr oyida Mi Note 10 smartfonini chiqargan edi. Aftidan, kompaniya qurilmaning Lite versiyasini ham tayyorladi.

Model raqami M2002G4LG bo‘lgan Mi Note 10 Lite Tailandning NBTC sertifikatlash agentligi listingiga kiritildi. Bundan tushunish mumkinki, taqdimot juda yaqin.NBTC veb-saytida qurilmaning texnik jihatlari oshkor qilinmagan, ammo smartfon o‘tgan oy FCC'dan o‘tgan va u haqda ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Mi Note 10 kabi Mi Note 10 Lite ham Snapdragon 730G chipida ishlaydi, displey esa 6.47 dyuymli FullHD+ AMOLED panel. Akkumulyator 5 260 mA/soat sig‘imga ega va 30 vattda tezkor quvvatlanadi. Bular — yangi qurilmaning Mi Note 10 bilan o‘xshash jihatlari.

Xiaomi FCC'ga topshirgan hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, Mi Note 10 Lite beshta kamerali modulga ega bo‘ladi: 64MP, ikkita 8MP, bitta 5MP va bitta 2MP linzalar. Smartfonda lazerli avtofokus mavjud emas.

Xiaomi'ning o‘zi hozircha Mi Note 10 Lite haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q, ammo tez kunlarda kompaniyadan xabarlar kutib qolamiz.

O‘QING: Xiaomi Mi Note 10 va uning Pro talqini namoyish qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!