Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  1470
  •  17.01.2018 15:33

Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Smartfonsozlik yo‘nalishida ham jadal rivojlanib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi dasturchilari MIUI proshivkasining navbatdagi talqinini tayyorlashga kirishdilar. Korporatsiyaning dasturiy ta’minot masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Xuan Lonjun ishtirokida bo‘lib o‘tgan Mi Live matbuot anjumani davomida brend vakillari buni tasdiqlashgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9.2 Global Stable chiqdi – o‘zgarishlar bilan tanishing!

Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, yangi chiqadigan yubiley proshivkasi shunga muvofiq nomga ega bo‘ladi. Balki, mazkur operatsion tizim qobig‘ining navbatdagi talqinini nomlashda Xiaomi an’anaviy raqamlardan voz kechib, uni MIUI X deb nomlasa kerak. Mazkur qadam Apple asos solgan trendga ergashish hisoblanadimi-yo‘qmi – bu borada Lonjun biror nima demagan.

Garchi MIUI 9 versiyasidagi proshivkani hali Xiaomi’ning ko‘plab qurilmalariga moslab ulgurishmagan bo‘lsa-da, baribir MIUI X talqinini shu yilning o‘zidayoq taqdim etishmoqchi. Unda Xiaomi «sun’iy idrok»ka ko‘proq e’tibor qaratmoqchi. Shuningdek, yangi proshivkada kompaniyaning o‘z ovozli yordamchisi bo‘lishi, u ingliz va xitoy tillarida ishlashi mumkinligi ham aytilmoqda. Biroq bunisini hozircha shunchaki taxmin, deyishimiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

Bundan tashqari, kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Xiaomi smartfonlariga hozirda bosqichma-bosqich tarqatilayotgan MIUI 9 proshivkasining yakuniy talqini rejalashtirilgan barcha qurilmalar uchun to Bahor bayrami (xitoycha Yangi yil), ya’ni 16 fevralgacha taqdim etib tugatiladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!