Xiaomi o‘z smartfonlarini yaxshilash uchun Nokia bilan o‘zaro manfaatli bitim tuzdi

  •   DiMaX
  •  1004
  •  07.12.2017 12:29

Xiaomi o‘z smartfonlarini yaxshilash uchun Nokia bilan o‘zaro manfaatli bitim tuzdi

Smartfonsozlikdagi sobiq «qirol» – Nokia hamda bu sohaning navqiron vakili – Xiaomi kompaniyalari har ikki tomon uchun ham foydali bitimlar tuzib, hamkorlik qilishga kelishib olganlari haqidagi xabarlar shu yilning yozida chiqqan edi. Ammo keyinchalik bu mavzuda hech qanday ma’lumot tarqatilmadi. Nihoyat, yilning deyarli yakunga kelib bu ikki korporatsiya ham o‘zaro bitim tuzganliklarini rasman ma’lum qilishdi, deb yozadi AKKet.

O‘QING: Xiaomi va Nokia patent bitimini tuzishdi

Mazkur bitim doirasida har ikki kompaniya bir-birining ayrim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari, erishilgan kelishuv sharofati bilan, Xiaomi hamda Nokia endi turli ishlanmalarga olgan litsenziyalarini manfaatli shartlar asosida almashishlari ham mumkin.

Aytish kerakki, Xiaomi kompaniyasi 2017 yildan Xitoyda va undan tashqarida o‘z mobil qurilmalarini sotish bo‘yicha yangicha strategiya qo‘llay boshladi. Mazkur yangicha yondashuv tezda o‘z samarasini berib, «xitoycha Apple» smartfonlari savdosi muntazam tarzda o‘sib bormoqda.

O‘QING: Xiaomi o‘z rekordini yangiladi va endi 100 millionni ko‘zlamoqda

Yanada taraqqiy etish uchun endi unga yevropalik hamkorlarning yordami kerak bo‘ladi va ulardan biri Nokia kompaniyasidir. Garchi ushbu ishlab chiqaruvchi avvalgi qudratini yo‘qotgan bo‘lsa-da, hozirda asta-sekinlik bilan, ammo barqaror tarzda bozorga qaytayotir. Nokia bisotida avvaldan Yevropada olingan ikki yuzdan ortiq turli patentlar mavjudligi uning xitoylik yangi hamkoriga qo‘l kelishi aniq.

O‘QING: Qirol qaytayotir: taqdim etilmagan Nokia 9’ning yangi videolari!

Ayni damda bu ikki kompaniyaning birortasi ham tuzilgan bitim tafsilotlarini oshkor etmayotir. Hozircha ma’lum bo‘lgani shuki, ular o‘zaro turli texnologiyalarini almashishadi, biror patentga litsenziyani bir-birlariga sotishadi; shuningdek, sobiq «qirol» o‘zining xitoylik hamkoriga o‘zining tarmoq jihozlarini taqdim eta boshlaydi. Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, Nokia kompaniyasi o‘zining yangi smartfonlariga Android 8.1 Oreo asosida ishlangan MIUI 10 operatsion tizimini o‘rnatib chiqarishi ham mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Xiaomi kompaniyasining Yevropadagi asosiy muammosi shundaki, kerakli patentlari yo‘qligi sababli uning ko‘pgina mobil qurilmalari va boshqa gadjetlari ayrim mamlakatlar hududida savdoga chiqarilmaydi. Hamkorlar bilan imzolangan kelishuvlar shu gadjetlarning qo‘llanishi uchun rasmiy ruxsat olish imkonini beradi. Bu esa ayrim devayslarni kerakli hududlarda sotishga ochilgan keng yo‘l bo‘ladi.

Demak, Nokia va Xiaomi kompaniyalarining hamkorligi har ikki tomonga manfaatli bo‘lishi va natijada foydalanuvchilar uchun ham yaxshi bo‘lishi aniq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!