Xiaomi qanday qilib 1 oyda 1 mln dona Redmi 4 sotgani aytildi

Xiaomi qanday qilib 1 oyda 1 mln dona Redmi 4 sotgani aytildi

Xiaomi kompaniyasi eng arzon Redmi 4 smartfonini Hindistonda sotuvga chiqarganiga bir oy bo‘ldi. Brend shu davr ichida mazkur modeldan 1 million dona sotganini ma’lum qilmoqda. Amazon onlayn do‘konining Hindistondagi bo‘linmasi orqali sotilayotgan smartfon 108 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Xiaomi Redmi 4 devaysining eng arzon talqini 5 dyuymli HD (1280 x 720 pikselli) displey, 1.4 Ggs chastota tezligiga ega 8 yadroli Snapdragon 435 protsessori, 2 gigabaytli tezor xotira, 13 megapikselli va LED fotochaqnoqli bosh kamera hamda 5 megapikselli old kamera, 4100 mA soat elektr sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan.

Smartfon aloqaning Wi-Fi, GPS, Bluetooth, 3G va 4G tarmolarida ishlaydi, unda infarqizil nurli datchik va barmoq izlari skaneri, boshqa zamonaviy datchiklar mavjud. Barcha talqinlarga 32 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Bu xotirani microSD bo‘lmachasi orqali 128 GB.gacha kattalashtirish mumkin.

Картинки по запросу Redmi 4 India

2 sim-kartali Xiaomi Redmi 4 Android 6.0.1 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Marketologlarning fikricha, smartfonning bu darajada yaxshi sotilayotgani nafaqat uning arzonligi, balki onlayn platforma orqali sotilayotgani bilan ham bog‘liq. Qiziq jihati, elektron tarmoqda 108 dollardan sotilayotgan gadjet oflayn do‘konlarda 120 dollardan sotilmoqda.

Shuningdek, Xiaomi Redmi 4’ning 4 GB doimiy xotira talqini 170 AQSh dollariga baholangan.