Xiaomi R1 yangi smartfonlar turkumini boshlab beradi

Xiaomi R1 yangi smartfonlar turkumini boshlab beradi

Insayderlar tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi ayni paytda yangi smartfonlar turkumini taqdimotga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, bu turkumning ilk vakili bo‘lgan Xiaomi R1 modelining suratlari ham chop etilgan. Uning Xiaomi Mi R1 nomi bilan sotuvga chiqarilishi ham ma’lum bo‘lgan.

Xiaomi R1/Mi R1 yaxlit metall korpus, tomonlar nisbati 18:9 ga teng displey, yupqa ramka, USB Type-C portiga ega bo‘ladi. Hozircha taqdimot vaqti ma’lum bo‘lmasa ham, uning $230 dollardan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!