Xiaomi ertaga 2 muhim texnologiyaga ega arzon smartfonini taqdim qiladi

Xiaomi ertaga 2 muhim texnologiyaga ega arzon smartfonini taqdim qiladi

Xiaomi kompaniyasi 21 avgustda Redmi Note 5A smartfonining taqdim qilinishini tasdiqlashi bilan kompaniya asoschilari Ley Szyun (Lei Jun) hamda Bin Lin (Bin Lin) o‘zlarining Weibo tarmog‘idagi sahifalarida hamyonbop telefonning press-suratini e’lon qildi.

Redmi Note 5A kompaniyaning old fotochaqnoqqa ega ilk smartfoni bo‘ladi. Bu chiroq 16 megapikselli selfi-kameraga sifatli surat olishiga yordam beradi. Yana bir muhim jihati -- Xiaomi Redmi Note 5A'da 2 ta sim-karta, shuningdek qo‘shimcha xotira kartasiga mo‘ljallangan alohida 3 ta bo‘lmachalar bo‘ladi.

Smartfon 3 rangdagi korpuslarda namoyish qilingan — kul rang, pushti hamda tilla rang. Press-renderlarga ko‘ra, smartfon 2 xil parametrlarda ishlab chiqarili, ulardan biri barmoq izlari skaneriga ega bo‘lmaydi.

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfona 5,5 dyuymli, HD (1280 x 720 pikselli) sig‘imli displey hamda tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga ega bo‘ladi. Redmi Note 5A  Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimining o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Boshlang‘ich modelda 4 yadroli, 1,4 GGs chastota tezligiga ega Qualcomm Snapdragon 425 protsessori, 13 va 5 Mp kameralar, 2 GB operativ va 16 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Bu talqinda barmoq izlari skaneri bo‘lmaydi.

Yuqori model 8 yadroli Snapdragon 435 protsessori, 3 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotira, 16 va 13 Mp kameralar, barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Note 5A smartfoni 21 avgust kuni taqdim qilinadi va 150 va 180 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!