Xiaomi rasmiy do‘konida Mi A1 ilk marotaba arzonlashdi

Xiaomi rasmiy do‘konida Mi A1 ilk marotaba arzonlashdi

Xiaomi kompaniyasi 2017 yilning 5 sentyabrida o‘z tarixida ilk marotaba gigant IT-kompaniyasi bo‘lmish Google bilan hamkorlik qilib, Xiaomi Mi A1 nomli smartfonini taqdim qilgan edi. Mazkur mobil telefonning boshqa modellardan eng katta farqi -- u ishlab chiqaruvchining MIUI proshivkasi emas, Google'ning Android One tizimiga ega bo‘ladi. Xiaomi Mi A1 — Xiaomi'ning Android One tizimida taqdim qilingan ilk smartfoni.

Qo‘sh sensorli ilg‘or bosh kameraga ega bo‘lgan Xiaomi Mi A1'dagi 2 ta qo‘sh sensorning har biri 12 MP aniqligida. Bu esa surat fonini g‘ira-shira qilib olish, tasvirni 2 karra optik yaqinlashtirish imkonini beradi.

12 sentyabrdan boshlab xalqaro bozorda 230 AQSh dollaridan ( 4+64 GB talqini) sotuvga chiqarilgan edi. Bugun esa Xiaomi brendining rasmiy do‘koni uning bahosini rekord darajada arzonlashtirdi. Endi brend muxlislari uni rasmiy do‘kondan $225 dollar evaziga xarid qilishlari mumkin.

Ekspertlarning fikricha, metall korpusli Xiaomi Mi A1 bugungi kunda hamyonbop smartfonlari bilan tanilgan Xiaomi'ning o‘z narxiga munosib eng yaxshi mobil aloqa vositasi. Shuningdek, Google shu yil oxiriga qadar Xiaomi Mi A1 modeli so‘nggi Android 8.0 Oreo tizimiga ega bo‘lishini ham e’lon qilgan.

O‘qingMi 5X: arzon beillat bo‘lar – Toshkentga yetib kelgan "Xiaomi"ni "kashf qilamiz"

Smartfon nihoyatda jozibador dizaynda. Jumladan, uning korpus qalinligi 7,1 mm. Korpus yonlariga silliq qayrilgan dizaynda ishlov berilgan. Orqa panelda barmoq izlari skaneri joylashgan. Ekran himoya shishasi bilan qoplangan. Displey bo‘ylab 2.5D effektiga ega shisha yotqizilgan.

Qisqacha texnik tavsif:
Ekran: 5.5", Full HD, IPS
Chip: Snapdragon 625;
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy, microSD -- 128 GB;
Bosh kamera: 12 + 12 Mp;
Old kamera: 5 Mp;
Batareya: 3080 mA soat;

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 16 oktyabr holatida «Malika» savdo markazida Mi A1 modeli (64 gb) 2 227 500 so‘mdan sotilmoqda.