Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon

Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yaxshi texnik parametrlarga ega bo‘lgan arzon Redmi 3S Plus smartfonini taqdim qildi. Smartfon 5 dyuymli displey va 4100 mA/st sig‘imli yirik batareyaga ega.

Redmi 3S Plus tashqi tarafdan Redmi 3S  modelidan deyarli farq qilmaydi. Texnik parametrlari ham ancha bir-biriga yaqin. Redmi 3S Plus metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri ham ko‘zda tutilgan. Hi-tech.mail.ru nashrining yozishicha, smartfon 140 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

gsmarena_001

Xiaomi Redmi 3S Plus versiyasiga HD aniqligidagi ekran, sakkiz yadroli Snapdragon 430 protsessori, 13 MPli kamera, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotira sig‘imini microSD yordamida yanada kengaytirish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!