Xiaomi Redmi 4X “kuchaydi”, ammo arzonligicha qoldi

Xiaomi Redmi 4X “kuchaydi”, ammo arzonligicha qoldi

Hamyonbop smartfon ishlab chiqaradigan Xiaomi kompaniyasining mobil aloqa qurilmalari turkumi orasida joriy yil fevralida taqdim qilingan Xiaomi Redmi 4X modeli eng arzon yaxshi smartfon sifatida tanilgan. Smartfon 2 xil — 2/16 Gb hamda 3/32 Gb modifikatsiyalarda ishlab chiqarilayotgan edi.

Ishlab chiqaruvchi endi bu modelning yuqori talqinini 4 gigabaytli tezkor hamda 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlashga qaror qildi. Eng muhimi — Xiaomi Redmi 4X’ning narxi o‘sha-o‘sha — $159. U 9 maydan boshlab sotiladi.

Smartfonning qolgan jihatlari o‘zgarishsiz qolgan: ixchamgina 5 dyuymli metall korpus, 2.5D effektidagi qayrilma shisha qoplangan HD ekran, 5 megapikselli old hamda fazali avtofokusga ega 13 megapikselli bosh kamera, 8 yadroli Snapdragon 435, sig‘imi 4100 mA soat bo‘lgan akkumulyator, 128 gigabaytgacha fleshkani o‘qiydigan bo‘lmacha, orqa panelda barmoq izlari skaneri, Android 6.0’ning MIUI 8 talqini. Smartfonda Bluetooth, Wi-Fi, GPS, 4G LTE (VoLTE) va infra-qizil port mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 29 aprel holatida «Malika» savdo markazida Redmi 4X (16 GB) 1,315,000 so‘mdan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!