Xiaomi Redmi 5A hammani hayron qoldirmoqda

  •   Saroy
  •  4105
  •  26.05.2018 15:15

Xiaomi Redmi 5A hammani hayron qoldirmoqda

Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi mart oyida dunyo bo‘yicha qancha smartfon sotilgan-u, qaysi model eng ommabop bo‘ldi, degan savolga javob topishga urinib ko‘rdi. Ma’lum bo‘ldiki, xaridorlar eng ko‘p iPhone X’ni ma’qul ko‘rishibdi. Tahlilchilarning  bashorati unchalik qo‘tarinki bo‘lmasa–da,  «olmali» smartfon nafaqat mart oyida, balki yilning birinchi choragi bo‘yicha  ham eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lgan.  Ushbu model mart oyida sotilgan jami gadjetlarning 3,5 foizini tashkil etgan.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 talqinining taqdimot sanasini aytdi

Ko‘p sotilgan gadjetlar orasida iPhone 8 Plus ham ilg‘or sanaladi. Chunki u 2,3 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchunchi o‘rin esa,  qutilmaganda  arzon Xiaomi Redmi 5A’ga tegdi. Juda arzonligiga qaramay, ushbu qurilma qo‘shimcha imkoniyatlar bilan boyitilib, ishlash samaradorligi ham ortgan, shu bois ham u foydalanuvchilarning sevimli gadjetiga aylandi. Uning bozordagi ulushi mart oyida  1,8 foizni tashkil etdi.

O‘QING: Xiaomi Mi Router 4 marshrutizatorini taqdim etdi, narxi ham ma’lum

Shunday qilib,  Xiaomi Redmi 5A dunyodagi eng ommabop  Android-qurilmaga aylandi va bu yutuq shubhasiz, Xiaomi’ni o‘z tarixida ilk bor  liderlar safidan joy olishga imkon berdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!