Xiaomi Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 9 smartfonlari taqdim qilinganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. Qurilmalarning yangi avlodi ham ayni o‘z vaqtida taqdim qilindi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro qurilmasi keyingi avlod o‘rta toifa smartfonlari qanday bo‘lishi kerakligini belgilab berdi. Qurilma ko‘pchilik kutgan 120Hz chastotali OLED ekran bilan jihozlandi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz

Xiaomi arzon smartfonlariga HRR ekranlarini o‘rnatib kelmoqda. Redmi Note 9 Pro 5G va bir necha Redmi K30 smartfonlari 120Hz va hatto 144Hz yangilanish chastotasiga ega LCD panelga ega edi. Ko‘plab texnoishqibozlar navbatdagi Xiaomi Redmi smartfonlariga OLED ekran qo‘yilishini xohlashgandi va Redmi Note 10 seriyasi bilan bu orzu amalga oshdi.

Redmi Note 10 Pro smartfoniga eng yaxshi o‘rta toifa chip o‘rnatilmagan bo‘lishi mumkin, lekin devays o‘zining to‘rt linzali kamera moduli bilan kishini lol qoldiradi. Asosiy kamera 108MP Samsung datchigi bo‘lsa, unga 8MP ultrakeng, 5MP telemakro va 2MP sath kameralari sheriklik qiladi.

Qurilmaning yana bir ahamiyatli tomoniga maxsus simmetrik karnaylar kiradi. Bunday dinamiklar hatto eng qimmat flagmanlarda ham yo‘q. 33 Vt da tezkor quvvatlanuvchi 5,020 mAs sig‘imli akkumulyator ham smartfonning maqtashga arzirli jihatlaridan. Redmi Note 10 Pro, shuningdek, NFC, FM radio, infraqizil nur taratuvchi blaster, 3.5 mm audio jek va microSD sloti ishqibozlarini ham xursand qiladi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164x76.5x8.1 mm, 193g; old va orqa panelda Gorilla Glass 5, plastic rom; IP53, chang va suv sachrashidan himoya.
> Displey: 6.67" AMOLED, HDR10, 120Hz, 450-700 nit, 1080x2400p rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 395 piksel/dyuym zichlik.
> Chipset: Qualcomm SM7150-AC Snapdragon 732G (8 nm): sakkiz yadroli (2x2.3 GHz Kryo 470 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 470 Silver); Adreno 618.
> Xotira: 64/6GB, 128/6GB, 128/8GB; UFS 2.2; microSDXC (maxsus slot).
> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek., giro-EIS.
> Akkumulyator: 5,020 mAs; 33 Vt tezkor zaryadlash.
> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; FM radio, infraqizil port; 3.5 mm jek.

Redmi Note 10 Pro chang va suv sachrashidan IP53 darajasida himoyalangan. Bu esa smartfon changdan va yomg‘ir yoki shunga o‘xshash kam miqdordagi suvdan himoyalanganini ko‘rsatadi.

Qadoq tarkibi
Redmi Note 10 Pro odatiy qog‘oz qutida sotiladi. Qadoq ichida quloqchidan boshqa sizga kerak bo‘lgan hamma narsa, shu jumladan, 33 Vt zaryadchik adapter, nominalidagi USB-A-2-USB-C kabeli topiladi.

Shaffof silikon g‘ilof ham qadoq ichidan komponentlar qatoridan o‘rin olgan. Ekranga yupqa protektor qoplab qo‘yilgan.

O‘QING: Xiaomi Poco X3 NFC'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!