Xiaomi Redmi Note 4: hamyonbop smartfonlar “doda”si

Xiaomi Redmi Note 4: hamyonbop smartfonlar “doda”si

2015 yilning noyabr oyida Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 3’ni, 2016 yilning avgustida esa Redmi Note 4’ni taqdim qildi. Xiaomi’ning Redmi Note smartfonlar turkumi to‘g‘risida gap ketganida ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida arzon va ishonchni oqlagan yaxshi smartfon gavdalanadi. Ularning har biri yirik  diagonali va cho‘ntak ko‘taradigan narx evaziga va’da qilinadigan yuqori imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Quyida ishlab chiqaruvchiga shon-shuhrat va daromad olib kelgan Xiaomi Redmi Note 4 gadjetiga yaqindan nazar solamiz.

 

Texnik tavsifi:

Mansubligi:    o‘rta darajali;

Korpus turi:    Monoblok;

Korpus materiali:      Alyuminiy;

Operatsion tizim:       Android 6.0 + MIUI 8.0;

Aloqa tarmog‘i: 2G/3G/LTE (800/1800/2600), Wi-Fi (a/b/g/n/ac, dual-band), Bluetooth (4.1 LE, A2DP), 2 ta SIM-karta, nano va micro;

Platforma:     MediaTek MT6797 Helio X20;

Protsessor:       10 yadroli, 2.1 GGs;

Video-karta:   Mali-T880 MP4;

Ichki xotira:    16/64 GB;

Tezkor xotira:               2/3 GB;

Qo‘shimcha xotira kartasi uchun bo‘lmacha: mavjud;

NFC:      yo‘q;

Ekran diagonali: 5.5 dyuym;

Ekran sig‘imi: 1920 x 1080 belgi;

Displey matritsasi: IPS;

Himoya qoplamasi: shisha;

Dog‘ va barmoq izlariga qarshi qoplama: mavjud;

Bosh kamera:    13 MP, f/2.0, fazali avtofokus;

Old kamera:    5 MP, f/2.0;

Navigatsiya: GPS, A-GPS, Glonass;

Sensorlar: Akselerometr, yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa datchigi, barmoq izlari skaneri, IK-port;

Batareya:             ajraladigan, 4100 mA soat;

O‘lchamlari: 151 x 76 x 8.4 mm;

Vazni: 175 gramm;

Narxi: 200$.

Komplektda:

Smartfon, quvvatlash qurilmasi, kompyuterga ulash (quvvatlash)ga xizmat qiladigan kabel hamda sim-kartani chiqarish uchun to‘g‘nog‘ich mavjud.

 

Tashqi ko‘rinish, materiallar, boshqaruv elementlari, yig‘ilganligi

Ushbu model ham dizayn jihatidan Xiaomi’ning boshqa  apparatlaridan farq qilmaydi. Bu smartfonning orqa panelining tom qismi Mi5’niki kabi ikki yonga qayrilma shaklda tayyorlangan.

Xiaomi Redmi Note 4 kul rang, kumush va tilla rang talqindagi korpuslarda ishlab chiqariladi.

Ekran yuqorisidan yorug‘lik darajasini belgilaydigan hamda oraliq-masofa datchiklari, suhbat dinamigining tuynugi, old kamera hamda kichkina chiroqli indikator mavjud.

Xiaomi Redmi Note 4’ning displeyi quyisidan 3 ta sensor tugmacha o‘rin olgan — «Uyga », «Bosh menyu» va «Orqaga». Sozlamalar orqali ularga qo‘shimcha vazifalarni yuklasa ham bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Note 4 korpusining o‘ng tomonida yoqish tugmasi va ovozni boshqarish uchun cho‘zinchoq tugma bor. Ekrandagi klavishlar qulay va bosh barmoqqa yaqin qilib ishlangan.

Smartfon korpusining chap yonida 2 ta sim-karta hamda xotira kartasi uchun bo‘lmacha ajratilgan.

Xiaomi Redmi Note 4’ning quyi qismida microUSB porti, tashqi dinamik va mikrofon tuynuklari mavjud. Ko‘rinishidan bu stereodinamikni eslatsa ham, aslida o‘ng tomonda mikrofon joylashgan. Shunga qaramasdan dinamikning ovoz uzatish sifati juda yuqori. Eng yuqori darajaga ko‘targanda xirillab qoladi.

Xiaomi Redmi Note 4’ning tom qismida ikkinchi mikrofon, audio quloqchin uchun minijek va IK-port mavjud.

Orqa panel alyuminiy xomashyosidan tayyorlangan va unda bosh kamera “ko‘zcha”si, barmoq izlari skaneri uchun joy ajratilgan. Barmoq izlarining skanerining ishlashida tezkorlik va aniqlikni kuzatish mumkin

Xiaomi Redmi Note 4’ning yig‘ilishi ham pishiq-puxta, yuqori darajada, korpus g‘ichirlashi, nomutanosiblik ko‘zga tashlanmaydi.

O‘lchamlari

Yirik diagonaliga qaramasdan, Note 4’ning ko‘rinishi beso‘naqay yoki kaftga noqulay emas.  xoroshiye gabariti. Apparat kichkina emas, biroq uning og‘irligi yoki qalinligi me’yorida.

Xiaomi Redmi Note 4     bo‘yiga 151, eniga 76     mm bo‘lsa, korpus qalinligi 8.4 mm, hamda vazni 175 gramm. U bu borada o‘zining raqiblari, deylik Meizu M3 Note (153.6x75.5x8.2 mm, 163 gramm), Huawei Honor 5x (151.3x76.3x8.2 mm, 158 gramm), Lenovo Vibe P1 (152.9x75.6x9.9 mm, 189 gramm) bilan bemalol kuch sinasha oladi.

Ekran

Ekran diagonali           5.5 dyuymli, displeyning piksellar sig‘imi               Full HD (1920 x 1080 belgi), har bir dyuymdagi piksellar miqdori 401 ta. Ekranning matritsa turi — IPS. Ekran himoya shishasi bilan qoplangan va tirnalishlarga yoki noxos zarbalarga bardoshli.

Shuningdek, ekranda barmoq izlari va yog‘ dog‘laridan himoya qiluvchi qoplama ham mavjud.

Ekran tashqi yorug‘likning darajasidan kelib chiqib, o‘z yorug‘ligini avtomatik ravishda belgilay oladi.

Ekranda «multitach» texnologiyasi mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 10 gacha barmoq zarbini tushuna oladi.

Aytish joizki, Xiaomi Redmi Note 4 garchi o‘rta narxli yoki darajali smartfon bo‘lsa ham, undagi ekran sifati flagman smartfonlarniki bilan bir xil. Displey uchun zarur “havoli qatlam” deysizmi, markaz va chekkalaridag rang taqsimotining bir xilligi deysizmi, yorqin va “shirali” tasvirmi yoki rangni tabiiy uzatish deysizmi — hammasi uning ekranida mujassam qilingan.

Ekran atrofi 2,5D effektiga ega himoya shishasi bilan qoplangan. Xiaomi Redmi Note 4 ekrani 450 nit miqdorida nur sochadi.

Xiaomi Redmi Note 4 ekranining yorqinlik diapazoni juda yuqori: undan tunda ko‘zni og‘ritmasdan va kunduzi ko‘zni zo‘riqtirmasdan tasvirni aniq-tiniq ko‘rish mumkin.

Operatsion tizim

Smartfon Android 6.0’ning MIUI 8.0 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. MIUI’ning rus tilidagi “proshivka”si tushunarli va qulay interfeysga ega: yaxshi ishlaydi. MIUI tizimi tezkor ishlashi bilan ham tanilgan. Shuningdek, u qo‘shimcha funksiyalarga ham boy.

Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining kompaniya tomonidan o‘zlashtirilgan MIUI 8 interfeysida ishalydi. Proshivka ko‘p tilli, Google Play’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Android’dan farqli ravishda, MIUI’da alohida  ilovalar menyusi yo‘q. Barcha ilovalar “ish stoli” (rabochiy stol) dan o‘rin egallagan. Bu kabi sahifalarni xohlagancha yaratish mumkin. Ilovalarni alohida papkalarda ham saralash mumkin.

Sozlamalarda eng muhim ilovalarning “ramz” (ikonka)larini kattalashtirish mumkin.

Yana bir original funksiya — «Ikkinchi makon». Bu orqali siz yangi maxfiy interfeysni ochib, u yerda ham o‘zingiz xohlagan ilovalardan foydalanish mumkin. Bu go‘yo bitta korpusda 2 ta smartfon bordek. Bu makon uchun alohida xotira ajratilgani uchun ikkala interfeys ilovalari aralashib ketmaydi. Xohishga ko‘ra, ma’lumotlarni ikkinchi makonga ko‘chirish mumkin.

Misol uchun, 1-interfeysga barmoq izlari bilan kirishni o‘rnatsangiz, 2-interfeysga barmoq izlari skanerisiz ham kirish imkoniyatini yaratish mumkin.

Buning uchun Switch ilovasining ramzini bosish kifoya.

Operatsion tizimda «Bir qo‘lli rejim» — 5,5 dyuymli smartfon displeyini kichraytirib, harf va ilovalar ramzlarini kattalashtirib beradigan funksiya bor. Buning uchun  barmoqni «Uyga» tugmasidan o‘ngga yoki chapga surasak bo‘ldi. Natijada, smartfon displeyi 3,5, 4 yoki 4,5 dyuym bo‘ladi.

Apparat platformasi va samaradorlik

Xiaomi har doim ham nomi chiqqan Qualcomm emas, balki yana bir taniqli protsessor ishlab chiqaruvchisi MediaTek chiplaridan ham foydalanadi. Note 4 gadjeti 10 yadroli, 64 razryadli MediaTek Helio X20 chipsetida ishlaydi. Uning chastotka tezligi — 2,1 GGs. Taqdimot chog‘ida ishlab chiqaruvchi bu protsessorning samaradorligi Note 3’ga qaraganda 62% foizga yuqori, quvvatni sarflashi 30%ga kamroq ekanini aytgan.

Grafik-tasvirlar uchun 4 yadroli Mali-T880 MP4 video-kartasi tanlangan. Smartfonning operativ xotirasi talqiniga ko‘ra, 2 yoki 3 GB, doimiy xotira esa — 16/64 GB. Smartfon 128 gigabaytgacha bo‘lgan MicroSD  qo‘shimcha xotira bo‘lmachasini qo‘llab-quvvatlaydi. Buning uchun 2 ta SIM-kartalardan birini fleshkaga bo‘shatib berish kerak.

Redmi Note 4 devaysi AnTuTu benchmarkida 81604 ball olgan.

Aytish kerakki, Helio X20 ham kuchli protsessor va u uncha-muncha qiyin vazifalarni ham bajarishga qodir. O‘yin, video, o‘qish yoki internetdan foydalanish bo‘ladimi — barqaror ishlaydi. Bunda smartfon korpusi qizib ketadi, albatta.

Smartfon dinamigi ovozni yaxshi uzatadi. Hamyonbop telefon apparati uchun bu borada juda yaxshi natijani ko‘rish mumkin.

Barmoq izlari sensori ham yaxshi ishlaydi. Uni ishga tushirish uchun, sozlamalar orqali avvaliga barmoqni uning ustiga 5 marta bosish kerak bo‘ladi. Skaner barmoqni oson taniydi.

Quvvat manbaining imkoniyatlari

Redmi Note 4 ajraladigan 4100 mA soatli akkumulyator bilan ta’minlangan. 2 amperli zaryadnik 2 soat 20 daqiqa ichida “quvvat toshi”ni to‘liq quvvat bilan to‘ldiradi. MediaTek’ning QuickCharge texnologiyasiga o‘xshash quvvatlash funksiyasi orqali u 30 daqiqada o‘z quvvatini 60%ga to‘ldiradi.

AnTuTu Tester benchmarkida smartfon akkumulyatori 9215 ball to‘plagan — odatdagi o‘rta darajali smartfonning natijasidan 2 barobar yuqori.

Misol uchun, bir soat WoT Blitz o‘yinini Wi-Fi orqali yorqinlikni 50 foizga belgilab o‘ynasangiz, bu 17% quvvatni yeydi. Natija — juda yaxshi. O‘rta rejimda eng yuqori yorqinlikdagi ekran bilan smartfonda 12 soat video ko‘rish mumkin.

MIUI 8’da quvvatni to‘g‘ri taqsimlaydigan rejimlar mavjud. Misol uchun, Battery Saver favqulodda holatda quvvatni tejab, saqlab turish choralarini ko‘radi.

HD-videolarni esa “uchish rejimi”da maksimal yorug‘lik bilan 9 soat ko‘rish mumkin.

Yirik sig‘imli akkumulyator smartfondan kun davomida faol foydalanish imkonini beradi. Jumladan, 5 soat mobaynida tinimsiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, internet “titkilash”, messenjerlardan foydalanish mumkin.

Kamera

Note 4’ning bosh kamerasi 13 Mp. Smartfon taqdimotida  unda OmniVision kompaniyasining eng so‘nggi yaxshi sensorlaridan biri o‘rnatilgani ma’lum qilingan. 5 linzali ob’yektiv f/2.0 standartidagi aperturaga ega. Kamera fazali avtofokus tizimi yordamida, 2 tusli svetodiodga ega fotochaqnoq orqali yaxshi suratlar oladi. Old kamera sig‘imi — 5 Mp, ob’yektiv aperturasi — f/2.0.

Bosh kameraning rangni aks ettirishi yaxshi, detallarga boy suratlar oladi. Faqat yorug‘lik past sharoitda surat past sifatli chiqadi. Old kamerada fokusni belgilash funksiyasi bor. U ham yorug‘lik yaxshi sharoitda sifatli selfilar oladi.

Bosh kamera 1080r sig‘imli Full HD videolar yozadi. Har sekunddagi kadrlar miqdori 120 tagacha yetadi.

Quyidagi suratlarda kameralar imkoniyatiga o‘zingiz baho bering (mevalar surati kompaniya tomonidan maxsus sharoitda olingan):

Kamera ilovasida «Panorama», «Taymer», «Oovz» (ovoz bilan suratga olish), «Qo‘l rejimi», «Yaxshilash», «Go‘zallashtirish», «Tungi rejim» va «Sahna» kabi rejimlar bor.

 

Kommunikatsiya va simsiz interfeys

Smartfonda Wi-Fi (Ye, b/g/n/ac, dual-band), Wi-Fi Direct, Bluetooth, 4.2 LE, A2DP, GPS mavjud. U GSM 900/1800/1900, 3G, LTE tarmoqlarida ishlaydi.

Xiaomi Redmi Note 4’da IK-portning borligi — yaxshi, NFC — yaqin masofada turib to‘lovlarni to‘lash uchun aloqa o‘rnatishga  mo‘ljallangan sensor yo‘qligi esa yomon, qolaversa GPS borligi va tezkor ishlashi — juda yaxshi.

Narx-navo

2017 yilning 29 aprel holatida Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasida Redmi Note 4 (16 GB) 1,475,000 so‘m, Redmi Note 4 (32 GB) 1,635,000 so‘m, Redmi Note 4 (64 GB) 1,875,000 so‘mdan sotilmoqda.

Xulosa

Redmi Note 4 sifatli yuqori sifatli alyuminiy metallidan ishlangan korpus va kuchli protsessori, flagmanga xos dizayni hamda sezgir va o‘tkir kamerasi bilan taassurotli. Uning yirik ekrani fabletni ham eslatib yubosa ajab emas.  Note 4 — Xiaomi’ning “hit” bo‘lgan flagmani. Bu kabi yaxshi ishlaydigan smartfonni shu qadar arzon baholashga Xiaomi’dan boshqa biror ishlab chiqaruvchining haddi sig‘maydi!

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2,184,000 сўм (32 Гб) Sotib olish
"Малика" савдо мажмуаси 1,475,000 сўм (16 Гб) Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi