Xiaomi Redmi Note 5: arzon smartfonlarning yangi avlodi

Xiaomi Redmi Note 5: arzon smartfonlarning yangi avlodi

Har kuni Xiaomi haqidagi biror xabar brend ishqibozlarini xursand qiladi. Bu brendga nisbatan qiziqishni oshirib boradi. Kompaniya yo‘lboshchisi Ley Szyun yaqindagina jamoasida axborot qattiq himoya qilinishi, axborotni tashqarga chiqargan xodim katta iqtisodiy jarimaga tortilishini ma’lum qilgan edi.

Shunday bo‘lsa ham, insayderlar hamyonbop gadjetlarning yangi avlodi bo‘lgan Xiaomi Redmi Note 5 smartfonining jihatlari xususida xabar topishdi. Yangi smartfon keng formatda, ya’ni 5,7 dyuymli LCD-displey, Snapdragon 653 yoki 660 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira, 3700 mA sota tok sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.


Xiaomi Redmi Note 5 smartfoni suratida aks etganidek, devaysning bosh kamerasi 2 ob’yektivli bo‘ladi. Bu modullardan biri 8 MP, ikkinchisi 18 MP sig‘imli bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Note 5'ning $265 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Xitoylik boshqa bir manbaada esa, Xiaomi Redmi Note 5 aloqa vositasining 5,5 dyuymli displey, Snapdragon 630, 3790 mA soatlik tok sig‘imi va tezkor quvvatlashga ega batareya, Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimiga, 3/32 Gb yoki 4/64 Gb xotiraga ega bo‘ladi. Gadjet $200 dollardan sotuvga chiqadi.