Xiaomi Redmi Note 5'ni xarid qilmaslik uchun sabablar

Xiaomi Redmi Note 5'ni xarid qilmaslik uchun sabablar

Xiaomi kuni kecha taqdim qilgan Redmi Note 5 (Xitoyda "Redmi 5 Plus" deb nomlangan) mobil aloqa modelini xarid qilmaslik uchun ekspertlar tomonidan bir qator sabablar keltirib o‘tildi.

Dizayn

To‘liq o‘lchamli FullView displeyni va old paneldagi LED fotochaqnog‘ini hisobga olmaganda, Xiaomi Redmi Note 5 modelining dizayni "Redmi Note 4"ni eslatadi. Bu kichik o‘zgarish aksariyat foydalanuvchilar uchun ahamiyatli emas.

Protsessor

Xiaomi Redmi Note 5 modelida 8 yadroli Snapdragon 625 chipseti o‘rnatilgan. Bu protsessorga deyarli 2 yil bo‘lgan va bu "elektron yurak" bugunga qadar Xiaomi'ning Redmi 4 Prime, Note 4, Mi Max 2, Mi A1 kabi modellarida o‘rnatilgan. Xiaomi platformaga bir oz o‘zgarish kiritib, bu modelga ham nisbatan ilg‘or bo‘lgan Snapdragon 630 chipsetini o‘rnatganida qoyilmaqom ish bo‘lgan bo‘lar edi.

Kamera
Xiaomi Redmi Note 5 modelida 12 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kamera o‘rnatilgan. Ya’ni, kamera borasida bu model salohiyati ham avvalgi -- Redmi Note 4 imkoniyatlari bilan bir xil.

Akkumulyator

Katta ekran katta quvvatni talab qiladi. Xiaomi Redmi Note 5 uchun elektr toki sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator tanlangan. To‘g‘ri, bu quvvat bilan uni 2 kun ishlatish mumkin. Shu bilan birga, kompaniya bu akkumulyatorga tezkor quvvat olish texnologiyasini joriy qilsa, yana bir kutilmagan sovg‘a bo‘lar edi. Smartfon to‘liq quvvat olishi uchun 2 kun kerak bo‘ladi.

Aloqa imkoniyatlari

Xiaomi bu modelga ham eskicha MicroUSB portini o‘rnatibdi. Redmi Note 5 hamda Note 5 Pro ham "Type C", ya’ni universal portga ega bo‘lmagani afsuslanarli.

O‘qing: Redmi Note 5 va Note 5 Pro taqdim qilindi: kutilmagan jihat va narxlar!

To‘g‘ri, hamyonbopligi va imkoniyatlariga ko‘ra, Redmi Note 5 diqqatga sazovor.

Xiaomi Redmi Note 5 modelining 3+32 Gb talqinini 156 AQSh dollaridan, 4+64 GB talqinini 187 AQSh dollaridan xarid qilish mumkin.

Xiaomi Redmi Note 5 modelining o‘ziga xosliklari:

Displey: 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli (2160 x 1440 pikselli), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Har bir dyuymdagi piksellar soni -- 403 (ppi) ta!!!
Protsessor: 2.0 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 625;
Video karta: Adreno 506;
Tezkor xotira: 3 Gb / 4 Gb; 
Doimiy xotira: 32 Gb / 64 Gb, micro SD yordamida 128 gigabaytgacha oshirish mumkin; 
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2) LED fotochaqnoq va fazali avtofokus;
Selfi kamera: 5 Mp (f/2.0) LED fotochaqnoq;
Akkumulyator: 4,000 mA soat;
Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat (MIUI 9);
Aloqa: WiFi, 3G, LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, OTG, GPS, A-GPS, GLONASS, dual SIM (gibrid: sim-karta + xotira kartasi yoki sim-karta + sim-karta);
Boshqa sensorlar: barmoq izi skaneri, infra qizil nur;
Korpus ranglari: qora, tilla rang, pushti-tilla, ko‘k rang (lake blue);
O‘lchamlari: 158.5 x 75.45 x 8.05 mm;
Vazni: 180 gramm;
Narxi: 155 AQSh dollari (3/32), 187 AQSh dollari (4/64).

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!